Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatildi
Chilonzor tumanining ayrim hududlarida «svet» ta’minoti bo‘yicha uzilishlar ro‘y berdi.
Foto: Kun.uz
Bugun, 4 avgust kuni kuni soat 00:30 da Chilonzor tumanining Chilonzor 2-dahasidagi «1-Katta Chilonzor» MFY, Arnasoy ko‘chalaridagi 7- va 7A-sonli tadbirkorlik sub’yektlariga qarashli kichik korxonalar, «2-Katta Chilonzor» MFY, 24-sonli oilaviy poliklinika hamda 15-, 16-, 21-, 35-, 36-, 37-, 38-, 39-, 40-, 41-, 42-, 43-, 44-, 45-, 46-, 47-sonli ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlari elektr energiyasi ta’minotida uzilish sodir bo‘ldi.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» xabariga ko‘ra, tuman hududida joylashgan 35/10/6 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli «Chilonzor» podstansiyasidan chiquvchi fidr uzatmasidan ta’minlanuvchi quvvati 6 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli yer ostidan o‘tgan kabel tarmoqlari shikastlanishi natijasida avariya holatida elektr energiyasidan uzilish yuz bergan.
Mazkur nosozlik «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, yuzaga kelgan avariyani bartaraf etish ishlariga kirishildi.
Ayni vaqtda, Chilonzor TETK tegishli bo‘lim, xizmatlari, tezkor avariyani bartaraf etish brigadalari tomonidan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini ko‘rikdan o‘tkazish va nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Hududdagi barcha brigadalar zarur himoya vositalari, zarur elektr qurilmalari hamda maxsus avtotransport vositalari bilan jihozlangan. Tez orada yuzaga kelgan nosozlik to‘liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi boshlanadi.
Yuqoridagi elektr uzatish tarmog‘i orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi ba’zi hududlar ta’minoti qo‘shimcha tarmoqlar orqali ta’minlanishi choralari ko‘rilyapti.
Mavzuga oid
10:22 / 06.01.2026
Toshkent aeroporti elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatildi
22:59 / 20.12.2025
Qish energotizimni sinamoqda. Bugun qayerlarda svet o‘chdi?
20:41 / 15.12.2025
Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi
14:45 / 05.12.2025