Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energetika vazirligi quyosh suv isitish qurilmasining 5 ta eng muhim afzalligini ma’lum qildi
Energetika vazirligi xonadonga quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish hisobiga qanday imkoniyatlar paydo bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ular quyidagicha:
- xonadonga quyosh suv isitish qurilmalari xarid qilinmoqchi bo‘lsa, u holda, xarajat bir qismi kompensatsiya qilib beriladi;
- quyosh suv isitish qurilmalarini 3 yil muddatgacha foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali o‘rnatish mumkin;
- ushbu qurilmani o‘rnatish hisobiga xonadonni tekin va uzluksiz issiq suv bilan ta’minlash imkoni paydo bo‘ladi;
- quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish evaziga elektr va issiq suv to‘lovlarida 70 foizgacha mablag‘ tejaladi;
- ushbu qurilmalarni o‘rnatish hisobiga xonadonni qish mavsumida isitish imkoniyati ham yuzaga keladi.
Har bir o‘rnatilgan suv isitish qurilmasi uchun 2 mln so‘mgacha kompensatsiya to‘lab berish amaliyoti joriy etiladi. Uskuna qiymatini 3 yil ichida foizsiz, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ham yaratiladi.
Masalan, bir oila suv isitish uchun bir oyda o‘rtacha 195 ming so‘m xarajat qilsa, ushbu oila 6 mln so‘m evaziga 200 litrli quyosh qurilmasi o‘rnatsa, davlatdan 2 mln so‘m kompensatsiya oladi.
Bunda, har oy ketgan xarajat iqtisod bo‘lishi hisobiga, suv isitish qurilmasi 21 oyda pulini oqlaydi va qurilma yonga qoladi. Agar oila kompensatsiyani emas, bo‘lib-bo‘lib to‘lashni tanlasa, oylik to‘lov 170 ming so‘m bo‘ladi. Hozirgi to‘lovidan ham kam bo‘ladi va uch yildan keyin issiq suv uchun umuman xarajat qilmaydi, deyiladi ma’lumotda.
Mavzuga oid
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
18:55 / 19.04.2026
“Men haqimda toshlar gapirsin” - 120 metr chuqurdan suv chiqaradigan toshloqlik quduqchi
07:39 / 01.04.2026