Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari ekologiya boshqarmalari boshliqlari ishdan olindi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda joriy yil o‘tgan davr mobaynida erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda ekologiya sohasiga oid qonunlar va prezident farmon va qarorlari ijrosi bajarilishi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar va mamlakatda chiqindi sohasida qilinayotgan ishlarning bajarilishi kabi masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan bir qator hududiy boshqarma boshliqlari, ya’ni Navoiy, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarma boshliqlari ishdan olindi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati uch nafar mas’ul xodimiga, “Yashil makon” umummilliy loyihasiga bevosita mas’ul bo‘lgan uch nafar hududiy boshqarma boshliqlari birinchi o‘rinbosarlariga va chiqindi sohasini boshqarishga mas’ul bo‘lgan hududiy boshqarma boshliqlari ikkinchi o‘rinbosarlariga “hayfsan” intizomiy choralari qo‘llanildi.
Bundan oldin Toshkent shahrida ekologik reyd boshlangani xabar qilingandi.
Undan avvalroq Chilonzor tumani Chilonzor ko‘chasi avtomobillar harakati uchun kengaytirilishi asnosida aksariyat emanlardan iborat daraxtlar ildizlarining bir qismi qo‘porib tashlangani jamoatchilik o‘rtasida norozilik uyg‘otgandi.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026