O‘zbekistonda «Oqila ayollar» harakati tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining “Oqila ayollar” harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Harakat asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:
- jamiyatda yangi ma’naviy makon yaratish, ezgu g‘oyalar, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, muqaddas an’analarni singdirishga qaratilgan tizimli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
- mahallalarda oilalarni mustahkamlash, farzand tarbiyasida ota-ona mas’uliyati, ibratli ota-ona bo‘lish ahamiyati, ma’rifatli jamiyatni qurishda ma’rifatli onalar rolini keng targ‘ib qilish;
- ayollar, ayniqsa, yosh qizlarda oilaga va vatanga sadoqat, fidoyilik, tashabbuskorlik tuyg‘ularini singdirish, “odobli qiz” va “ma’rifatli ona” qiyofasini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- farzand, ayniqsa, qizlar tarbiyasi, oila, onalar ma’naviyatini yuksaltirish, oilalarda kitobxonlik, mutolaa madaniyatini targ‘ib etish, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni shakllantirish, oila tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlashga ko‘maklashish;
- yoshlar o‘rtasida oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida bo‘lish masalalarini hamda “Oila - muqaddas” tushunchasini keng targ‘ib qilish;
- xotin-qizlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish, ularga qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqchil tilda tushuntirish.
Harakat, qoida tariqasida, qo‘mitada - 50 nafar, Qoraqalpog‘iston Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalarida - 35-40 nafardan, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlarida - 30 nafardan faol va tashabbuskor ayollardan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Harakat va uning boshlang‘ich guruhlari tarkibiga kiritilgan faol va tashabbuskor ayollar harakat tomonidan “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, farzand tarbiyasi, oila va xotin-qizlar ma’naviyatini yuksaltirish yo‘nalishida amalga oshirgan ishlari natijadorligiga ko‘ra jismoniy va yuridik shaxslar homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan rag‘batlantirib boriladi.
Faol va tashabbuskor ayollar faoliyati natijalari bo‘yicha tegishlicha qo‘mita raisi, Qoraqalpog‘iston Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari tavsiyasiga asosan davlat mukofotlari, “Mo‘tabar ayol”, “Mahalla iftixori”, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni va boshqa esdalik, ko‘krak nishonlari, idoraviy mukofotlarga tavsiya etilishi, sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berilishi mumkin.
Mavzuga oid
10:26 / 03.07.2024
O‘zbekistonda 6 oyda qancha oila yarashtirilgani ma’lum qilindi
16:50 / 24.06.2024
Senat raisi “Rahbar ayollar maktabi” tinglovchilari bilan uchrashdi
10:42 / 02.06.2024
Xotin-qizlarni eng ko‘p ishga olgan 10 ta korxona ma’lum qilindi
20:21 / 23.05.2024