Joriy yilgi mavsumda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridan, şuningdek, vazirlik va idoralarda faol 45 nafar xotin-qizlar saralab olindi va 1 apreldan boşlab ikki oydan köproq vaqt davomida öquv reja asosida kasbiy va malakaviy bilimlarini oşirdi.

22 iyun kuni Senat raisi Tanzila Norbayeva uşbu kurs tinglovçilari bilan uçraşuv ötkazdi. Uçraşuvda yoş rahbar ayollar uçun muvaffaqiyatga erişiş yöllari, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlaniş hamda jamiyatdagi rolini mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi. Tanzila Norbayeva rahbar ayollar maktabi ayollar yetakçiligini qöllab-quvvatlaşda va ularning imkoniyatlarini kengaytirişda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Uçraşuv davomida davlat boşqaruvidagi rahbar ayollar hayotidagi burilişlar, tajribalari, turli vaziyatlarda töğri qarorlar qabul qiliş mahorati haqidagi hayotiy misollar keltirildi. Tinglovçilar turli sohalarni rivojlantiriş böyiça taklif va taşabbuslarini ilgari surdi.













