12 avgust kuni Markaziy bankda bölib ötgan media muloqotda tartibga soliş qumdoni haqida batafsil tuşuntiriş berildi. Kun.uz berilgan ma’lumotlar asosida yangi tizim borasida şarh tayyorladi.

Yangi tizim haqida qisqaça

Moliyaviy xizmatlar qumdoni – yangi moliyaviy xizmatlarni joriy qiliş uçun sinovdan ötkazişni tartibga soluvçi huquqiy rejimdir.

Masalan, biror taşabbuskor yangi moliyaviy xizmatni yölga qöymoqçi bölsa va qonunçilikda unga oid norma bölmasa, huquqiy tartibga solinmagan yoki noaniqliklar mavjud bölsa, taşabbuskorlar şu tizimdan foydalangan holda, yangi xizmatni sinovdan ötkazişi mumkin böladi.

Sinovdan muvaffaqiyatli ötgan xizmatlarga doir normativ hujjatlar işlab çiqilişi mumkin.

Nega endi “qumdon”?

Buyuk Britaniyada joriy qilingan bu tizim (regulyatory sandbox)da bolalar öynaydigan qumli maydonça ramz qilib olingan bölib, tizim yangi moliyaviy xizmatlarni sinovdan ötkaziş uçun sinov maydonçasini yaratib berişni nazarda tutadi.

Bundan kimga nima foyda?

Tizim moliyaviy bozorda yangi moliyaviy xizmatlarni köpaytirişga va bu orqali iste’molçilarga köproq qulayliklar yaratişga yordam beradi.

“Oddiy aholiga şu paytgaça bölmagan xizmatni bor qilib yoki bor xizmatni yaxşilab beradi. Aytaylik, hozirgi kunda qaysidir xizmat bozorda yöq, qumdon esa – iste’molçi uçun xizmatlar kölamini yoki bor xizmatni yaxşilab beriş uçun platforma.

Masalan, Islom moliyasi böyiça xizmatlarni olaylik. Bizda Islom moliyasiga oid qonunçilik töliq yölga qöyilmagan. An’anaviy banklar odamlarga 100 söm berib, 120 söm qaytarib beriş talabini qöysa, Islom moliyasida bu şartlar iste’molçining e’tiqodiga töğri kelmasligi mumkin. Bunda bank iste’molçiga kerak bölgan biror tovarni avval özi sotib olib, keyin uni mijozga sotişiga töğri keladi. Mana şu savdo-sotiqqa nisbatan an’anaviy banklar uçun qonunda tösiq bor. Ya’ni bank iste’molçiga tovar olib bera olmaydi, lekin tovar uçun pul berişi mumkin. Ammo, yuqorida aytganimizdek, iste’molçi foizli kredit olişga e’tiqodi yöl qöymasligi mumkin. Bunda bu yangi xizmat turiga ehtiyoj paydo bölişini anglatadi. Xuddi şu yangi xizmat turi qumdon tizimi asosida sinovdan ötkazilişi mumkin. Bu bitta misol xolos.

U xalqaro tajribadagi yangi moliyaviy xizmatlarda risk bölişi mumkinligi va bizga töğri keliş yoki kelmasligini aniq bilmaganimiz uçun ularni darrov joriy qila olmaymiz. Bu tizim aynan şu risklarni baholaş uçun sinov ötkazişga yordam beradi”, – deya tuşuntiradi Markaziy bank departament boşliği Sanjar Nosirov.