Keyingi vaqtlarda odamlar orasida pul almaşişi mumkinligi va inflyatsiyaning kuçayib borayotgani haqidagi miş-mişlar paydo böldi. Aslida qaçon va qanday vaziyatlarda davlat puli özgarişi mumkin? Agar şunday ehtimol bölsa, odamlar qança vaqt oldin xabardor etiladi? Narx-navoning ösiş tendensiyasi, inflyatsiya darajasi borasidagi fikrlarni mutaxassislar qanday izohlaydi?
Uşbu savollarga Milliy matbuot markazida Özbekiston Markaziy banki hamda “Qişloqqurilişbank”ning qöşma anjumanida mutaxassislar javob berdi, deb yozmoqda ÖzA.
— Pulning almaşişiga sabab ham ehtimol ham yöq. Yöqsa, 100 ming sömlik banknotlar çiqarilarmidi? Yaqinda ana şunday summadagi pul muomalaga çiqariladi. Töğri, inflyatsiya ösişi mumkin. Çunki bankning qayta moliyalaş stavkasining ikki foizga oşirilişi, öz-özidan bozordagi narx-navoga ta'sir qiladi.
Tadbirkor kredit olgan bölsa, endi oşgan ikki foizni qoplaş uçun işlab çiqarayotgan mahsulotini bahosini balandlaştiradi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev barça mansabdor şaxslar tomonidan aholiga real holatni va haqiqiy statistika ma'lumotlarni yetkazib beriş böyiça qat'iy topşiriq bergan. Guvohi bölayotganimizdek, Özbekistonda inflyatsiya yaşirilayotgani yöq.
Narxlarning ösiş tendensiyasi e'lon qilinmoqda, unga köra joriy yilda ham inflyatsiyaning darajasi yuqori bölişi kutilmoqda. Ta'kidlaş kerakki, narxlarning bozor mexanizmlari asosida şakllantiriş kelgusi davrlarda inflyatsiya «jilovini» tortib turiş imkonini berişi tabiiydir.
Miş-mişlar odamlarga qaysidir ma'noda ogohlik va profilaktika çorasidek ta'sir qilişi mumkin. Biroq iqtisodiy-moliyaviy va bank tizimida miş-mişlarga emas rasmiy bayonotlarga tayangan ma'qul.
Qayd etiş joizki, yaqin orada sömning qadri oşişi kutilmoqda. Xususan, yalpi içki mahsulotga teng miqdorda mablağimiz bölganda uning qadrsizlanişi töxtaydi. Yana investitsiya kiritiş hajmining oşişi ham pul qadrini oşiradi.












