Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent-Varshava to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslari qishda yo‘lga qo‘yilishi mumkin
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Polshaning LOT Polish airlines aviakompaniyasi tijorat ishlari bo‘yicha direktori Mixail Fiyol bilan uchrashdi.
Foto: Dunyo
Uchrashuvda fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ikki davlat o‘rtasida havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.
Uzbekistan airways qishki parvozlar jadvaliga Varshavaga qatnovlarni amalga oshirish rejasi ishlab chiqilayotgani, LOT Polish airlines kompaniyasi bilan yuk va yo‘lovchi tashuvlarida hamkorlikni kengaytirish yuzasidan takliflar ilgari surildi.
Mixail Fiyol taklifni ijobiy qabul qilib, Uzbekistan airways va LOT Polish airlines o‘rtasidagi Code Share va SPA kelishuvlariga muvofiq hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘nalishida amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
10:08 / 24.03.2026
Toshkent–Dubay yo‘nalishidagi qator reyslar bekor qilindi
11:33 / 04.03.2026
Toshkent-Dubay reyslari 4 martdan bosqichma-bosqich tiklanadi
10:22 / 18.02.2026
Tuman sabab Guanchjou-Toshkent reysi Samarqandga yo‘naltirildi
08:51 / 18.02.2026