Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya xavfsizlik kengashlari kotiblari muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya xavfsizlik kengashi xabar berdi.
Tomonlar strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari jadal rivojlanib borayotganini qayd etib, bugungi kun oldida turgan vazifalarning og‘irligiga qaramay, ikki mamlakat hukumatlari, huquq-tartibot idoralari darajasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar davom etayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston maxsus xizmatlari, harbiy idoralari, huquqni muhofaza qilish va adliya idoralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning keyingi rejalari bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.
Bir qator mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi. Rossiya tomoni “G‘arb davlatlari va birinchi navbatda AQShning MDH hududida keskinlik o‘choqlarini yaratish istagi”dan xavotir bildirdi.
Uchrashuv yakunida Rossiya va O‘zbekistonning ko‘p tomonlama, jumladan, Shanhay hamkorlik tashkiloti doirasidagi o‘zaro hamkorligi, O‘zbekistonning ushbu tashkilotga raisligida rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026