27 avgust – mandat chiqishi kerak bo‘lgan sananing oxirgi kuni
Agar bugun soat 23:59 gacha mandat chiqmasa, kechikkan har bir kun qonunbuzilish, deb hisoblanadi.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z Telegram kanalida bugun, 27 avgust kuni mandat e’lon qilinishi kerakligini ta’kidladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 14-bandiga ko‘ra, abituriyentning test sinovidan to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha tanlov natijasi test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlanganidan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Joriy yil test sinovlarining oxirgi kuni 20 avgustda bo‘ldi. Qonunchilikka ko‘ra, mandat shu sanadan boshlab 1 hafta ichida, ya’ni 27 avgust kuni e’lon qilinishi kerak.
Demak, bugun — 27 avgust kuni mandat chiqishi kerak bo‘lgan qonuniy sananing oxirgi kuni.
Agar bugun soat 23:59 gacha mandat chiqmasa, kechikkan har bir kun qonunbuzilish, deb hisoblanadi. Ammo o‘tgan yillardagi amaliyotdan ko‘rganmizki, bu qonunbuzilish (mandat kechikishi) uchun kimdir jazolanishi dargumon.
Mayli, kutaylikchi, hali kun tugashiga yana 3 yarim soat vaqt bor”, deb yozadi u.
Avvalroq bu yil test topshirgan abituriyentlarning 51,2 foizi minimal o‘tish ballini ham yig‘olmagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:46 / 28.10.2024
Apple salomatlik uchun foydali ilovani sinovdan o‘tkazdi
18:39 / 11.10.2024
Abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga berdi
15:03 / 14.08.2024
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e’lon qilindi
14:00 / 09.08.2024