O‘zbekiston | 07:20 / 27.08.2022
2584
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ikkita ko‘cha vaqtincha yopiladi

Toshkent shahridagi ikkita ko‘cha 27 avgust kuni soat 9:00 dan soat 13:00 ga qadar vaqtincha yopiladi.

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, bu yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan amalga oshiriladi.

Ushbu ko‘chalar:

  • Seul ko‘chasi Furqat ko‘chasi bilan kesishmasidan Bunyodkor shohko‘chasi bilan kesishmasigacha; 
  • Mo‘minova ko‘chasi Shahriobod ko‘chasi bilan kesishmasidan Do‘rmon yo‘li ko‘chasigacha.

Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid