Özbekiston katta siyosiy tadbir arafasida. 15−16 sentabr kunlari Samarqandda Şanhay hamkorlik taşkilotining (ŞHT) navbatdagi sammiti bölib ötadi.

Sammit doirasida taşkilotga a’zo davlatlar örtasida iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy va xavfsizlik borasida hamkorlikni kuçaytirişni közlovçi bitimlar imzolanişi kutilmoqda.

Sammit va unda köriladigan masalalar Rossiya va Ukraina örtasida davom etayotgan uruş bilan bir vaqtga töğri kelişi dunyo davlatlari e’tiborida bölib turibdi.

Kun.uz muxbiri Şanhay hamkorlik taşkiloti va uning Samarqand sammiti, buning Özbekiston uçun natija va oqibatlari borasida Özbekistonning ŞHT işlari böyiça milliy koordinatori Rahmatilla Nurimbetov, siyosatşunoslar Kamoliddin Rabbimov va Suhrob Böronov bilan intervyu uyuştirdi.

— Samarqand sammiti haqidagi savollarga ötişdan avval uning özi qanday taşkilot, minimum va maksimum maqsadlari, rejalari qanday, degan savolga javob izlasak.  Xöş, dastlab “Şanhay beşligi” bölib oçilgan taşkilot maqsadlari, rejalari qaysi evolyutsiyalardan ötdi-yu, bugun qayoqqa qarab boryapti?

Rahmatilla Nurimbetov:

— Özbekiston taşqi va içki siyosati uçun juda muhim tadbir arafasida turibmiz. Sammit ilk bor Samarqandda, ança kengaytirilgan formatda ötişi kutilyapti. Bu özbek diplomatiyasi uçun katta mas’uliyat.

Bevosita ŞHT haqida gapiradigan bölsam, bu tipologiya böyiça yangi turdagi taşkilot. Yangi mintaqaviylikka borib taqaladi, desak xato bölmaydi. U XX asr oxirida klassik xalqaro taşkilotlardan farqli ölaroq, boşqa bir makon, boşqa bir siyosiy, iqtisodiy, madaniy, jöğrofik makonda yuzaga kelgan.

Biz bu taşkilotning çuqur tarixiy ildizlarini ham körişimiz mumkinki, aslida bu Xitoy va Sovet ittifoqi örtasida çegara masalalari, çegara hududlarida özaro işonç çoralarini, ya’ni harbiy qöşinlarni kamaytiriş, xavfsizlik masalalarida boşlangan muloqotning davomi desa böladi.

Sobiq ittifoq parçalanarkan, bu jarayon iştirokçilari özaro çegaradoş davlatlar sifatida Xitoy, Rossiya, Tojikiston, Qozoğiston, Qirğizistonga özgardi. Bu orqali ularda yangi muloqot mexanizmi yuzaga keldi. Buni biz “Ad hoc” — maxsus masalalar uçun diplomatiya desak ham böladi.