“Busiz tizim özgarişi ma’nosini yöqotişi mumkin”, – deydi deputat.

— Aralaş saylov tizimiga ötilayotgani Özbekistondagi sun’iy tuzilgan, ğoyasiz, elektoratsiz, hokimiyat uçun kuraşmaydigan partiyalar bilan yopiqlikka qarab köproq singiş xavfini paydo qiladigandek.

Doniyor Ğaniyev, Qonunçilik palatasi deputati

— Çindan ham ğoyaviy kuraşlar yöq, bu örinli gap. Ammo proporsional saylov tizimi yopiqlikka olib kelişi haqidagi fikringizga qöşilmayman. Biz yarim majoritar, yarim proporsional tizimga ötyapmiz, töliq emas. Hali ham 75 ta öringa deputatlarni xalq saylaşi mumkin, qolgan 75 tasi proporsional tizimga ötyapti. Bunda ikkala tizimdan ham foydalaniş, kamçiliklarini bartaraf etiş mumkin böladi.

Majoritar tizim doim ham özini oqlamaydi. Masalan, Buyuk Britaniyada majoritar tizim va u yerda faqat ikkita partiya hukmronligi bor. Majoritarning yomon tomoni ham şu, yangi partiyalar kirib kelişi juda qiyin böladi. Britaniyadagi «Yaşillar» partiyasi sönggi vaqtlarda 15-20 foiz ovoz olyapti, lekin oşib borsa, parlamentda 2 kişilik fraksiyasi böladi. Bu degani parlament odamlarning xohiş-irodasini töliq aks ettirmayapti, AQŞdayam şunaqa, faqat ikkita katta partiya. Proporsional saylov yangi partiyalar uçun şaroit yaratib beradi.

Hozir şu işni qilişimiz kerak. Ertaga qaysidir partiyaning ğoyasi butunlay egallab olsa, qarşilik katta böladi. Hozir partiyalar 5 ta, lekin köpayadi hali, odamlarning siyosiy ongi oşib boryapti.

Agar proporsional tizimga ötilsa, partiyalar ğoyaviy va bildiriladigan taşabbus tomondan ajraladi. Majbur böladi şunga. Partiya ğoyalarini tarğib qilişga ehtiyoj yöq edi majoritar tizimda. Endi partiyalar olgan ovozlar taxlil qilinadi, taroziga qöyiladi. Hozirgi partiyalarning darajasida bunçalik özgariş bölişi qiyindek körinadi, lekin bir qonun qabul qilayotganda ertani öylaş kerak.

Farhod Tolipov, siyosiy tahlilçi

— Bu masalaga tizimli yondaşuvni taklif etgan bölardim. Biror bir tizim ideal emas, töğri. Qöşimça masalalar ham bor bu yerda. Ya’ni xalqning siyosiy ongi, madaniyati, mavjud tuzumning xarakteri, partiyalar şakllaniş qonunlari, nima uçun şakllanolmayotgani, tarixiy muhit kabi bir qança jihatlar.