Asialuxe Travel Travel World Group bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumidagi Chexiya tomon sayohatlarni boshlaydi
Asialuxe Travel Travel World Group bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumidagi Chexiya tomon sayohatlarni boshlaydi. Shirkatlar Chexiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar amalga oshirish, mehmonxona va viza ko‘magini taklif qiladi. Milliy turoperator Asialuxe Travel va Travel World Group barcha vatandoshlarni mustaqilligimizning 31 yilligi bilan tabriklaydi. Shu munosabat bilan o‘zingiz va yaqinlaringizga Praga, Karlovo Vari, Marianske Lazne kabi Chexiyaning iliq kurortlariga unutilmas sayohat sovg‘a qilishni taklif qiladi. Nega aynan Praga?
Uzoq yillardan beri Chexiya sayohatchilarning sevimli yo‘nalishi bo‘lib keladi. Olovrang tomlar shahri – Praga avvalo aql bovar qilmas manzaralarga boy. Qadimiy tarixi, jozibali arxitekturasi, mavhumlik va o‘ziga xosligi bilan Chexiya shaharlarining muhiti sayohatchilarni o‘ziga tortaveradi.
Chexiyada tibbiy turizm qanday?
Chexiya poytaxti bo‘ylab uzoq piyoda ekskursiyalar kurortlardagi shifobaxsh muolajalar bilan qo‘shilib, kuzgi va qishki ta’til uchun ayni muddao bo‘ladi. Bunday ta’til ota-onalar uchun munosib hadya bo‘lishiga ishonchimiz komil. Axir Karlovo Vari va Marianske Laznening yuqori sifatda xizmat ko‘rsatishi, puxta tibbiy ko‘riklari va muolajalari mehmonlarga xotirjamlik, g‘amxo‘rlik hislarini beradi. Chexiya orqali Yevropaning boshqa shaharlariga borish mumkinmi?
Qolaversa, Praga orqali har bir turist o‘ziga xos imkoniyatni qo‘lga kiritadi, ya’ni ular Praga orqali muhabbatga to‘la Fransiya, mehmondo‘st Italiya, jazirama Ispaniya, zamonaviy Germaniya va hashamatli Shveytsariya tomon yevroturga chiqishlari mumkin. Natijada, sayohatchilarimiz betakror arxitektura va mashhur qadamjolar guvohi bo‘lishadi va Yevropa oshxonasining mazali namunalarini tatib ko‘rishadi. Shengen vizasi-chi?
Boshqa mamlakatlar kabi Chexiyada ham viza cheklovlari bor. Lekin Asialuxe Travel va TWG to‘g‘ri parvozlar va mehmonxonalardan tashqari viza ko‘magini ham taklif qiladi. Har bir sayohatchining butun tur davomida aloqada bo‘luvchi menejyeri bo‘ladi va vizaga doir barcha savollarga javob beradi.
To‘g‘ri reyslar qachon amalga oshiriladi?
Asialuxe Travel va TWG Praga go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishingiz uchun har yakshanba Toshkent – Praga – Toshkent yo‘nalishida qulay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi qanotlarida amalga oshiradi.
Narxlar qanday bo‘lyapti?
Asialuxe Travel va TWG Pragaga haftalik kompleks tur paketlar bir kishi uchun 15,4 mlndan, Karlovo Variga esa 20,3 mlndan boshlanadi. Viza uchun to‘lov alohida amalga oshiriladi. Narxlar bilan bafurja tanishish, parvoz va yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot olish uchun Asialuxe Travel yoki Travel World Group saytiga tashrif buyurishingiz yoki (+998) 71−201−77−77 +998908165000 +99878 1409898 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
“Erta band qilish” tizimi bilan sayohat yanada arzonroq, kutish esa yoqimliroq bo‘ladi.
Saytlar: asialuxe.uz , www.travelwg.uz
Telegram: t.me/asialuxe t.me/travelwgg
Telegram guruh: t.me/my_asialuxe
Qaynoq turlar Telegram: t.me/asialuxehottours
Qaynoq turlar Telegram o‘zbek tilida: t.me/asialuxe_qaynoqtur
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel , fb.com/twguz
Instagram: @asialuxe.travel, @travelwg.uz
Reklama huquqlari asosida
Mavzuga oid
17:00 / 27.10.2024
Maldiv – bu hamyonbop! Asialuxe Travel bilan ushbu ajoyib orolga to‘g‘ridan to‘g‘ri reys bilan uchamiz
15:00 / 27.09.2024
Bola Antaliyada bepul dam oladi! Asialuxe Travel kuz-qish yo‘nalishlarini erta band qilish afzalliklari haqida aytib beradi
15:00 / 24.09.2024
Asialuxe Travel bilan yangi ufqlarni kashf qiling
15:00 / 19.09.2024