SSSR fuqaro aviatsiyasi tarixida yuz bergan 150 dan oşiq aviahalokatlarning yigirmaga yaqini Özbekiston hududida sodir bölgan.
Jumladan, 1989 yilda Navoiy viloyati hududida Tu-254 qulab tuşgan va 200 kişi halok bölgan. Bu sobiq ittifoqda sodir bölgan eng yirik aviahalokat hisoblanadi.
1970 yilda Samarqand şahri yaqinida Il-18 samolyoti bilan sodir bölgan hodisa ham yirik aviahalokatlardan biri bölgan – unda 92 kişi halok bölgan. Öşanda halokatga aeroport va samolyotdagi uskunalarning eskirgani hamda dispetçer va uçuvçilarning xatosi sabab bölgan deb topiladi.
Il-18 samolyotlarining tarixi
Il-18 samolyoti Sergey Ilyuşin boşçiligidagi konstruktorlik byurosi tomonidan 1950-yillarda yasab çiqilgan. Il-18ning ilk sinov parvozi 1957 yilda ötkazilgan. Mazkur samolyotlar 1958 yildan 1978 yilgaça seriyali tarzda işlab çiqarilgan.
Il-18 samolyotlaridan yölovçi va yuklarni taşişda hamda harbiy sohada foydalanişgan. Uning turli modifikatsiyalari 73 nafardan 111 nafargaça yölovçi örniga ega bölgan.
Bu samolyotlar örtaça soatiga 625-650 kilometr tezlikda parvoz qilgan. Ularga turbovintli törtta dvigatel örnatilgan. Il-18 samolyotlarida modifikatsiyalariga qarab 5 nafardan 10 nafargaça ekipaj a’zolari bölgan.

Ötgan asrning 60-yillarida Il-18 fuqaro aviatsiyasida xizmat qilgan eng yaxşi samolyotlardan biri bölgan. U 1958-59-yillarda uzoq masofaga uçiş, balandlikka kötariliş va yuk kötariş böyiça 20 dan ortiq jahon rekordini örnatgan.
Keyinçalik, fuqaro aviatsiyasi taraqqiy etib, boşqa turdagi mukammalroq samolyotlar işlab çiqarila boşlagaç, Il-18 öz örnini ularga böşatib beradi.
Il-18 samolyotlaridan jami 527 dona işlab çiqarilgan. Ularning bir qismi xorij davlatlariga ham sotilgan. Bugungi kunda ham bir neçta davlatlarda Il-18 samolyotlaridan turli maqsadlarda foydalanib kelişmoqda.

Il-18 samolyoti bilan ham köplab aviahalokatlar sodir bölgan. Aviation Safety Network ma’lumotlariga köra, ilk parvozni boşlagan vaqtidan 2019 yilgaça 100 dan ortiq Il-18 samolyotlari halokatga uçragan. Ularda jami 2 501 kişi halok bölgan.
















