O‘zbekiston | 12:00 / 05.09.2022
10451
4 daqiqa o‘qiladi

Samsung kompaniyasi Jet Bot aqlli changyutgichlarini taqdim etadi

Foto: Samsung

Uy tozalashga endi aqlli yondashiladigan bo‘ldi: Samsung yangi mahsulotini taqdim qiladi — ko‘pgina intellektual funksiyalarga ega Jet Bot simsiz changyutgich.

Dunyo miqyosida zamonaviy gadjetlarni ishlab chiqaruvchi Samsung kompaniyasi ilk marotaba O‘zbekistonda Jet Bot robot-changyutgichini taqdim qildi. Yangi mahsulot nafaqat o‘zining ixchamligi, oddiy dizayni va oson harakatlanishi bilan, balki uyda ishlatiladigan qurilmaning imkoniyatlarini ahamiyatli darajada kengaytirgan aqlli texnologiyalar bilan ham ajralib turadi.

Telefoningiz yordamida oson boshqarish

Robot-changyutgichni masofadan boshqarish uchun, bor-yo‘g‘i Wi-Fi tarmog‘iga ulanish kerak bo‘ladi. Foydalanuvchi qurilma ishini SmartThings mobil ilovasi yordamida boshqarib turishi mumkin. Bir nechta tugmani bosish orqali tanlangan xonalarni tozalashni rejalashtirish yoki muayyan zonalar (masalan, uy hayvoningiz bo‘lgan joylar) uchun taqiq o‘rnatish mumkin. Uyning virtual xaritasida kerakli joylarni belgilasangiz Jet Bot u yerga kirmaydi.

Masofadan boshqarish masalasi-chi? Bu ham oldindan puxta rejalangan: Live Cleaning Report funksiyasi tozalash ustidan real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradi:

  • harakatlarni kuzatish;
  • robot-changyutgichni pauzaga qo‘yish (vaqtincha to‘xtatib turish);
  • bajarib bo‘lingan tozalash tarixini ko‘rish.

Ovoz yordamida boshqarishga odatlanib qolganlar uchun qo‘shimcha bonus. Changyutgichga Bixby, Alexa yoki Google Assistant virtual ko‘makchilari bilan buyruqlar berish mumkin.

Biroq, Jet Bot maxsus ko‘rsatmalarsiz avtonom rejimda ham ishlashi mumkin. Yanada aniqroq navigatsiya qilish uchun VR8500T modeliga LiDAR sensori o‘rnatilgan, uning yordamida changyutgich o‘zining qayerdaligini mustaqil ravishda aniqlay oladi va tozalash uchun eng maqbul yo‘lni tanlaydi. Tozalash jarayoni bir necha baravar samaraliroq bo‘ladi va bularning bari sizning ishtirokingizni talab qilmaydi.

Foto: Samsung

Aralashuvingizni deyarli talab qilmaydi

Qurilma oldinda nima — qattiq pol yoki gilam borligini mustaqil ravishda aniqlaydi, so‘ngra shunga moslab eng maqbul ishlash quvvatiga o‘tadi. Aytgancha, bugungi kunda Jet Bot raqamli motor va Jet Cyclone texnologiyasi tufayli Samsung kompaniyasining barcha simsiz changyutgichlari orasida eng kuchli chang tortish quvvatiga ega.

Jet Bot u qadar katta bo‘lmagan chang yig‘uvchi idishga ega— atigi 0,3 l. Undan ko‘piga hojat ham yo‘q! Har gal belgilangan joyni tozalab bo‘lganidan so‘ng, Jet Bot klin-stansiyaga qaytadi, uning yordamida esa bor axlat maxsus tirqish orqali xaltachaga joylashtiriladi. Bu oson, qulay va eng muhimi, gigiyenik sanaladi. Sizdan, hech bo‘lmaganda 3 oyda bir marta, chang yig‘uvchi moslamani oddiy suv yordamida tozalash talab qilinadi.

Qolgan holatlarda, robot-changyutgich biror texnik xizmat ko‘rsatilishini talab qilmaydi. Yon cho‘tkalar atrofida sochlar o‘ralib qolishi haqida batamom unuting: yuqori samarali so‘rib oluvchi moslamalar bor axlatni parchalab tashlaydi. Cho‘tkalarning o‘zi antistatik kumush qo‘shilgan yumshoq tekstildan qilingan. Ushbu material har qanday – linoleumdan gilamgacha bo‘lgan yuzalar bilan ishlash uchun universal sanaladi.

Jet Bot yana qanday funksiyalarni bajara olishi to‘g‘risida Samsung kompaniyasining rasmiy veb saytidan bilib olishingiz mumkin.

Sayt: samsung.uz

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: @samsunguzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

Reklama

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid