O‘zbekiston | 11:00 / 08.09.2022
6511
2 daqiqa o‘qiladi

MAESTRO - hayotingizni sof ranglar bilan bezash imkoni

Lak bo‘yoq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi MAESTRO kompaniyasi Namangan viloyatida INFINITY design do‘konlar tarmog‘i bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi va Namangan shahrida dekorativ bo‘yoqlar bo‘yicha o‘zining ilk Shourumini ochdi.

MAESTRO kompaniyasi respublika bo‘ylab o‘z shourumlarini tashkil qilmoqda. Namangan viloyatida kompaniya birinchi shourumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va mahsulotlar qo‘llanishi bo‘yicha mehmonlarga master klass ko‘rsatildi. 

Foto: MAESTRO
Foto: MAESTRO

Shourumda MAESTRO brendi ostida, yuqori sifatli, Yevropa standartlari asosida ishlab chiqarilayotgan dekorativ bo‘yoqlari namoyish etildi. Kompaniya sifatli bo‘yoqlar ishlab chiqarish bilan birga ularni Respublikamiz bo‘ylab yetkazib berishni xam yo‘lga qo‘ymoqda.

Foto: MAESTRO

MAESTRO kompaniyasi binolar ichki va tashqi yuzalari uchun dekorativ bo‘yoqlar, suvli emulsiyalar, suyuq travertin, astar bo‘yoqlar, laklar va boshqa shu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Kompaniya o‘z faoliyatini 2017 yilda Toshkent shahrida boshlagan. Ayni paytda kompaniya 15 turdagi bo‘yoq mahsulotlarini o‘z mijozlariga yetkazib bermoqda.

Foto: MAESTRO

Kompaniya o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarishda yo‘lga qo‘ygan muntazam sifat nazorati va texnologik takomillashtirish orqali mahsulotlarini raqobatbardoshligini ta’minlab kelmoqda. Raqobatbardosh narxlar esa xaridorlar uchun qulay imkoniyat yaratmoqda.

Foto: MAESTRO

MAESTRO ni tanlash uchun 5 sabab:

  • sof ranglar;
  • sifat va chidamlilik;
  • mukammal texnologiya va Yevropa standarti;
  • raqobatbardosh narxlar;
  • ishonchli hamkorlik.

Binolarning jozibali ko‘rinishi, unda ishlatilgan bo‘yoqlarning takrorlanmas rangi va jilosi bilan bog‘liq. Sof ranglar va bo‘yoq tanlovida MAESTRO to‘g‘ri tanlov.

MAESTRO - hayotingiz serjiloligi yo‘lida ishonchli xamkor!

Ma’lumot uchun:

Telefon: +99855-500-87-78

Veb sayt: www.uzmaestro.uz

Facebook: Maestrouz.paint

Instagram: maestro_paint

Telegram: maestro_paint

Reklama huquqi asosida