O‘zbekiston | 07:27 / 08.09.2022
9481
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent markazidagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

8 sentabr kuni soat 19:30 da Alisher Navoiy nomli davlat akademik katta teatrida 93-mavsum ochilishi munosabati bilan ochiq osmon ostida “Kuz zari og‘ushida Katta Musiqa” konserti bo‘lib o‘tadi. 

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan 8 sentabr kuni soat 10:00 dan 00:00 gacha shahardagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi.

Ular:

  • Buyuk Turon ko‘chasi Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasidan Matbuotchilar ko‘chasigacha bo‘lgan oraliqda;
  • Buxoro ko‘chasi Buyuk Turon ko‘chasi bilan kesishmasidan Zarafshon ko‘chasigacha bo‘lgan oraliqda.

Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid