11:09 / 11.09.2022
17306

Toshkent xalqaro aeroportida Ozarboyjon fuqarosi pora bilan ushlandi

U Toshkent shahri aeroportida Bokuga elektron tamaki mahsulotlarini jo‘natish uchun sharoit yaratib berish va boshqa xizmatlar uchun 200 dollar taklif qilgan.

Toshkent xalqaro aeroporti uchib ketish zalida Ozarboyjon fuqarosi pora berayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.

6 sentabr kuni Toshkent xalqaro aeroporti uchib ketish zalida profilaktik chora tadbirlar olib borilgan. Jarayon davomida Toshkent–Boku yo‘nalishida yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish ustunining oldida Ozarboyjon fuqarosi — Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yashovchi 60 yoshli M.Z. otryad xodimi safdor R.Yakubovning bir necha marta ogohlantirishiga qaramasdan, ro‘yxatdan o‘tayotgan yo‘lovchilarning tinchini buzgan.

Ular orqali polietilen paketlarga 4 blokdan jami 12 blok «Heets» elektron tamaki mahsulotlarini Ozarboyjonga yuborish bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgani va bu harakati bilan aviatsiya xavfsizligining ichki tartiblarini buzib, ro‘yxatga olish ishlari bilan shug‘ullanuvchi aeroport ishchi xodimlarining e’tirozlariga sabab bo‘layotgani aniqlangan hamda 12 blok elektron tamaki mahsulotlari hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari jarayonida M.Z. kelgusida har bir Toshkent–Boku reysiga elektron tamaki mahsulotlarini jo‘natish uchun sharoit yaratib berish, to‘siqlarsiz aeroport hududiga kirish, unga nisbatan 6 sentabr kuni to‘plangan hujjatlar bo‘yicha chora ko‘rmaslik hamda olib qo‘yilgan 12 blok tamaki mahsulotlarini qaytarib berish uchun 200 dollar pulni pora tariqasida Toshkent shahri aeroportlarida XTB TeQKB xodimiga berishni, keyinchalik har oyda 200 dollardan berib kelishini ma’lum qilgan.

7 sentabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida M.Z. Toshkent shahri aeroportlarida XTB TeQKB xodimiga xizmat xonasida 200 dollar pulni pora tariqasida bergan vaqtida Toshkent Aviatsiya transport prokuraturasi va IIV ShXBB Transportda XTBB xodimlari bilan hamkorlikda ushlangan. Holat yuzasidan M.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid
Top