09:00 / 21.09.2022
7657

ISFT instituti qulay talablar asosida yangi o‘quv dasturlariga qabul qilishini e’lon qildi!

Foto: ISFT

ISFT instituti kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida to‘rtta yangi fakultetda bakalavriat bosqichida o‘qish uchun hujjatlar qabul qilishni boshladi.

Pedagogika va psixologiya, xorijiy til va adabiyot, maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich ta’lim kabi yangi yo‘nalishlar davlat talablari bo‘yicha xalqaro amaliyotni hisobga olgan. Yangi dasturlar davlat tilida taqdim etiladi.

ISFT instituti bo‘lajak talabalar uchun qulay sharoitlar yaratishda davom etmoqda. Kunduzgi ta’lim dasturiga kirish uchun abituriyentlarga 90+ ball bilan Davlat Test Markazining umumiy test natijalari va Institut komissiyasi tomonidan natijalar tekshiruvidan o‘tish kerak bo‘ladi, sirtqi ta’lim uchun esa — 60+ ball bilan Davlat Test Markazining umumiy test natijalari, shuningdek Institut komissiyasi tomonidan natijalar tekshiruvidan o‘tish kerak bo‘ladi.

Bunda imtihon blokida ham kunduzgi, ham sirtqi ta’lim shakli uchun fakultetlarga muvofiq quyidagi fanlar kerak bo‘ladi:

  • Pedagogika va psixologiya bo‘yicha bakalavriat — fanlar bloki: biologiya, ona tili va adabiyot.
  • Xorijiy til bo‘yicha bakalavriat — fanlar bloki: ingliz tili (Intermediate darajasi), ona tili va adabiyot.
  • Maktabgacha ta’lim bo‘yicha bakalavriat — fanlar bloki: biologiya, ona tili va adabiyot.
  • Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha bakalavriat — fanlar bloki: ona tili va adabiyot hamda matematika.

Shuningdek, institut DTM natijalariga ega bo‘lmagan yoki DTM natijalariga ko‘ra kirish uchun yetarlicha ball to‘plamagan abituriyentlarga ichki imtihondan o‘tish orqali fakultetlarga muvofiq ham kunduzgi, ham sirtqi ta’lim shakliga kirish imkoniyatini taqdim etadi:

  • Pedagogika va psixologiya bo‘yicha bakalavriat — biologiya, ona tili va adabiyot bo‘yicha imtihon;
  • Xorijiy til bo‘yicha bakalavriat — ingliz tili, ona tili va adabiyot bo‘yicha imtihon;
  • Maktabgacha ta’lim bo‘yicha bakalavriat — biologiya, ona tili va adabiyot bo‘yicha imtihon;
  • Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha bakalavriat — ona tili va adabiyot, matematika bo‘yicha imtihon.

Eslatib o‘tamiz, xalqaro dasturlarimizga qabul davom etmoqda.

Birinchi umumta’lim kursining bakalavriat dasturi asosida xalqaro amaliy buxgalteriya va moliya, xalqaro biznes boshqaruvi, menejment va boshqaruv hisobi yo‘nalishlarida tahsil olish mumkin.

Ta’lim o‘zbek, rus, ingliz tillarida olib boriladi. 250 ta grant o‘rinlar mavjud.

Shoshiling joylar cheklangan!

ISFT institutida o‘quv dasturlari, kirish imtihonlari va o‘qish shartlari haqida batafsilroq ma’lumotlarni isft.uz rasmiy saytidan, +998-55-506-37-37 telefon raqamlari orqali olish mumkin.

Markaziy qabul ofisimiz manzili: Toshkent shahar, Mirobod tumani, 2 Shahrisabz ko‘chasi 6 uy.

Mo‘ljal: Vestminster Universiteti 2-kirish joyi

Reklama

Top