UZCARD bilan birgalikda imkoniyatlar chegaralarini kengaytiring
«Yagona umumrespublika protsessing markazi» MChJ vakillari joriy yilning 14 sentabr kuni Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahriga xizmat safari uyushtirib, uning doirasida «Spitamen Bank» YoAJ bilan Hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Foto: UZCARD
Bitimning predmeti ishonchli, xavfsiz va uzluksiz xalqaro o‘tkazmalarni ta’minlash, naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarini amalga oshirish, shuningdek hamkorlikdagi marketing faolliklarni rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy sharoitlar yaratish maqsadida Bank va UZCARD to‘lov tizimining hamkorligini rivojlantirish bo‘ldi. Hujjat nafaqat «Spitamen Bank» YoAJ va «YaUPM» MChJ bilan strategik hamkorlik sohasidagi, balki ikki qardosh mamlakat o‘rtasidagi iliq munosabatlarni mustahkamlashda katta qadam bo‘ldi.

UZCARD nomidan Bosh direktorning tijorat masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Lilya Xamidullina hamda Marketing va PR boshqarmasi boshlig‘i Sobirjon Muxamedov qatnashdilar. Uchrashuvda bank tomonidan boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Umidjon Hikmatov, bank kartalari departamenti boshlig‘i Dilshod Ishoqov, marketing va biznesni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Xosiyatxon Tuxtanazarovalar ishtirok etishdi. O‘zbekistondan tashrif buyurgan ishchi delegatsiya tarkibida, shuningdek, Plum Technologies direktori Erkin Hidoyatov hamda Xalqaro o‘tkazmalar va xalqaro loyihalar departamenti boshlig‘i Emil Yakushev ishtirok etdi.
Yaqin vaqt ichida Spitamen Pay ilovasi foydalanuvchilarida UZCARD kartalarini bankning mobil ilovasiga bog‘lash va pul mablag‘larini o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Bitimni imzolash marosimida Lilya Xamidullina quyidagilarni qayd etdi: «Spitamen Pay ilovasida yordamida O‘zbekistondan Tojikistonga va aksincha pul mablag‘larini o‘tkazishlarda mijozlarimizning qulayligi yaqin kelajakda tashkilotlarimiz muvaffaqiyatli rivojlanishining garovi hisoblanadi va biz bu masalaga juda jiddiy yondashamiz. Biz mas’uliyatli ishi, hamkorlikdagi masalalarni hal qilishda namoyon etgan faolligi va tezkorligi uchun Spitamen Bankdagi hamkasblarimizning professionalligini yuqori baholaymiz. Biz uchun moslashuvchanlik, tezlik muhim va biz hamma vaqt eng yaxshilarini tanlaymiz. Biz bugun Sizning bankingiz bilan bitim imzolayotganimizdan xursandmiz».
Uchrashuv oxiriga kelib tomonlar hamkorlikning marketing qismini va takliflarni rivojlantirish masalalarini, shuningdek, ham bank tomonidan, ham UZCARD kartalari egalari uchun mijozlarning manfaatlari yo‘lidagi maxsus takliflarni muhokama qilishdi.
«Bugun biz UZCARD’dagi hamkorlarimiz bilan uzoq muddatli va istiqbolli munosabatlarni rivojlantirish yo‘lida muhim qadamni tashladik. Bitim o‘zaro hamkorlik doirasini ancha kengaytiradi va mijozlarimizning sifatli bank instrumentlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi»— deb qayd etdi Umidjon Hikmatov.

«Spitamen Bank» — YoAJ ishonchli, innovatsion va uyg‘un rivojlanib borayotgan, 2008 yildan har bir mijoz uchun eng maqbul moliyaviy yechimlarni taqdim etayotgan bank. Bank halollik, to‘g‘rilik va shaffoflik, o‘zaro ishonch va o‘z mijozlariga hurmat tamoyillarida, shuningdek texnologik imkoniyatlari va xodimlarining ko‘p yillik tajribasi tufayli qisqa muddat mobaynida Tojikistonning moliya bozorida mustahkam mavqeni egalladi. «Spitamen Bank» YoAJ Tojikiston Respublikasidagi xalqaro to‘lov tizimlarining prinsipial va bevosita ishtirokchisi bo‘lgan yagona bank hisoblanadi.
Avvalroq UZCARD Tojikiston Respublikasidan UZCARD kartalariga Spitamen Pay ilovasi orqali pul o‘tkazmalari ishga tushilganligi to‘g‘risida xabar bergan edi.
Reklama
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

17:04 / 07.05.2025
UZCARD yangi mahsulotini ishga tushirdi: yo‘l haqi uchun transport kartalari tariflariga ega kartalari

09:00 / 04.04.2025
UZCARD “Manzillar yaqinroq” aksiyasi muddatini uzaytiradi: 16 ta shaharda yo‘lkira narxi uchun 1000 so‘mlik chegirma

17:00 / 15.05.2024
UZCARD Toshkent shahrida kvartira yoki 15 milliondan 50 million so‘mgacha pul sovrinlarini yutish uchun noyob imkoniyat taqdim etadi

18:56 / 08.04.2024