13:13 / 22.09.2022
19352

«Bankdagi pul kerakmas menga, xalqning cho‘ntagiga kirsin» – Prezident paxta hosilini yig‘ib olishga e’tibor qaratdi

Toshkent viloyati faollari bilan navbatdan tashqari sessiyada uchrashgan davlat rahbari paxta yetishtirish va hosilni yig‘ib olishda muammolar hal etilayotganini bildirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Bir vaqtlar paxta mavsumida terimchilarga berish uchun pul berilmasdi. Men Jizzax viloyati hokimi bo‘lgan paytimda Baxmalga, Zominga borib, asal keltirib, paxta pulining o‘rniga terimchilarga tarqatganman. Bu qiyinchiliklar mening esimdan chiqishi mumkinmi? Aslo yo‘q!

Hozir paxtaning kilosiga 1,5-2 ming so‘mdan berib terdiryapmiz. Bankdagi pul kerakmas menga, xalqning cho‘ntagiga kirsin. Chunki paxtani kim yetishtiradi, kim hosilni yig‘ib oladi? Manfaat berilsa, shu odamlarimiz hammasini chiroyli qilib bajarishadi.

Biz bunaqa payt 100 foiz paxta bilan mashg‘ul bo‘lardik. Hozir hokimlarning 10-15 foiz vaqti paxtaga sarflanyapti. Buni bilgan biladi. Hokimlarimiz, ularning o‘rinbosarlari, prokurorlar, ichki ishlar xodimlarigacha xizmat joyida uylar qilib beryapmiz. Maqsad nima, birovning qo‘liga qaramasin, maqsadi xalqimizni rozi qilib ishlash bo‘lsin” – deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid
Top