O‘zbekiston | 09:42 / 27.09.2022
2009
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda analoglari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar importi kamaytiriladi 

O‘zbekistonda ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini mahalliylashtirishni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev rahbarligida konferens-aloqa vositasida importni optimallashtirish hamda tarmoqlararo va hududlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish, mamlakatda analoglari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar importini kamaytirish, elektron kooperatsiya portali orqali tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarish, yirik sanoat korxonalarida importga bog‘liqlik darajasini pasaytirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Tarmoq birlashmalari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari yuqoridagi yo‘nalishlar doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda rejalari to‘g‘risida hisobotlarni taqdim etdi. Ularga kamchiliklarni bartaraf etish va o‘z vaqtida mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish, 2023-2024 yillarda tarmoqlar va hududlar kesimida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar yangi turlarini ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi mahalliylashtirish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Alohida tartibda joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid