09:30 / 30.09.2022
4204

Eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar ma’lum qilindi

Joriy yilda OTMga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra, 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. 

Foto: Kun.uz

Davlat test markazi xabariga ko‘ra, quyidagi hududlarda eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

  • Samarqand viloyati — 20 690 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati — 19 858 nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 18 340 nafar;
  • Toshkent viloyati — 15 699 nafar;
  • Buxoro viloyati — 14 337 nafar.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 104 084 nafari joriy yil bitiruvchilaridir. Joriy yil bitiruvchilari eng ko‘p talabalikka tavsiya etilgan hududlar:

  • Samarqand viloyati — 11 295 nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 10 951 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati — 9 999 nafar;
  • Buxoro viloyati — 8 833 nafar;
  • Toshkent viloyati — 7 927 nafar.
Top