Qo‘shiqchi Davron G‘oipov vafot etdi
O‘zbek rok-pop qo‘shiqchisi Davron G‘oipov 61 yoshida vafot etdi. Dafn marosimi Xorazmda bo‘ladi.

Foto: Instagram
7 oktyabr kuni afsonaviy o‘zbek rok-pop qo‘shiqchisi Davron G‘oipov 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda suxandon va xonanda Tolibjon Isroilov o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
«Mamlakat yana bir afsonasidan ayrildi. Bugun o‘z tug‘ilgan kunida rok-pop yulduzi Davron G‘oipov olamdan o‘tdi. 61 yosh, biroz vaqtli edi-da. Alloh bilguvchi! Hozirgina jiyani bilan gaplashdim, janoza va dafn Xorazmda bo‘lar ekan», — deb yozadi u.
Davron G‘oipov 1961 yilning 7 oktyabrida Urganch shahrida O‘zbekiston SSR kommunistik partiyasining Qashqadaryo viloyati qo‘mitasi 1-kotibi (hozirgi viloyat hokimi darajasida) Ro‘zmet G‘oipov oilasida tug‘ilgan.
17 yoshidan gitarada qo‘shiq ijro etishni boshlagan. 1980 yilgacha «Yalla» guruhida gitarist sifatida ijod qilgan. 1981 yilda «Original» guruhiga asos solgan va tez orada mashhurlikka erishgan. U «Kerak emas shahlo ko‘zlaring», «Qaydasan», «Bu nima bu?», «Shoshmagin», «Otkritoye okno» singari yuzlab hit qo‘shiqlar yaratgan.
Internetdagi ma’lumotlarga ko‘ra, 1984−1989 yillarda ijodiy tanaffus qilib, Rossiyaning Irkutsk oblastida yashagan. 1990 yilda ijodga qaytib, «Bu nima bu?» nomli musiqiy filmda suratga tushgan. U o‘zbek qo‘shiqchiligining rok-pop yo‘lanishi rivojiga katta hissa qo‘shgan, taniqli qo‘shiqchi Tohir Sodiqov uni o‘z ustozi deb biladi va qo‘shiqlarini ijro etgan.
Yana bir taniqli xonanda Iroda Iskandarova uning sobiq turmush o‘rtog‘i bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Texasda kuchli suv toshqini oqibatlari - fotosuratlar
Jahon | 13:50
-
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10
-
Messi avval golga sababchi bo‘ldi, keyin esa ikkita chiroyli gol bilan kambek qildi
Sport | 11:31
-
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi
Sport | 11:26