Kuni keça Özbekistonga kelgan BBC Özbek xizmati jurnalisti Ibrat Safo Toşkent ob-havosi 2-3 yil içida umuman yaşab bölmaydigan darajaga kelib qolişidan xavotir bildirdi.
«Özgarişlar mendek odamga köproq seziladi, çunki yiliga atigi ikki marta kelaman. Havo şu qadar ifloski, havodagi zahar hatto jigarrangda közga körinib turadi. Uni nafas yöllaringda va ta’m qabul qilgiçlaringda sezasan. Palapartiş quruvçi kompaniyalar zanjirini uzgan quturgan itdek, qurilişlardagi çang-tözon maşinalardan çiqqan karbonat angidrid, azot oksidi va metan bilan qöşilib öpkangni yemiradi. Dehliga borganimda xuddi şunday havoni sezgandim. Hatto aholi öta ziç joylaşgan Çilonzordek mavzelardagi har qariç joyda köp-köp qavatli turar joylar qurilyapti. Maşinalar tirbandligidan çarçab metroga tuşsam, avvallari kunduzi bemalol böladigan metro vagonlari ham odamlarga töla.
Ey töxta, farosating bormi, özimiz yaşaymiz şu yerda, deydigan odam bormi bu şaharda özi? Keça ikki tonnali Bentlida bir odam ötib ketdi. Lekin Bentlida bölasizmi, qasrda yaşaysizmi, şu şaharda bölsangiz, sizning ham öpkangiz çiqindixonaga aylangan. Bolalaringiz kasal bölişi xavfi juda yuqori. Pandemiyada virus boy va kambağalni ajratmaganidek, yomon havo ham odamni tanlab ötirmaydi. Vakuum yaratolmaysiz. Bu zaharli havo nafaqat öpka kasalliklari yo saraton, yurak-qon kasalliklari, tomirlardagi tromblar va miyaga qon quyilişiga ham sabab böladi», – deb yozdi jurnalist özining Facebook'dagi sahifasida.
«Özgidromet» xodimi Erkin Abdulahadov ham Toşkent havosi ba’zida nafas olib bölmas darajada ifloslanayotganini tasdiqladi.
«Ha, poytaxt havosi muttasil doimiy bölmasa-da, ora-orada nafas olib bölmas darajada ifloslanayotganidan xavotirga tuşasan. Ba’zan öta ziç transport harakati effekti «Özgidromet» statsionar postlari ma’lumotida ham körinib qoladi. Masalan, 2 oktyabr erta tong soat 07:00 da poytaxt havosi bir muddat nafas olib bölmaydigan darajada ifloslandi. Asosiy manba karbonat angidridning keskin oşib ketişida körindi. Öşanda PM-2,5 mayda dispers zarraçasi ham me’yordan ortib ketdi.
Mediklarga ma’lumki, soç tolasidan 40 barobar kiçkina deyarli körinmas PM-2,5 mayda dispers zarraçalarining havoda me’yordan köp bölişi kişilar nafas olganda heç qanday tösiqlarsiz, öpka töqimalariga urilib, töğridan töğri qon orqali yurakka yetib boriş xususiyatiga ega. Va bu – tabiiyki, inson salomatligi uçun öta xavfli jarayon ekani kundek ravşan», – deb yozadi mutaxassis.








