AQŞning Toşkentdagi elçixonasida örnatilgan havo sifatini ölçaş moslamasi qaydlariga işonilsa, şaharda havo sifati borgan sari yomonlaşmoqda. Poytaxtda 2021 yil davomida faqat sanoqli kunlardagina “havo sifati yaxşi” deb topilgan.
Masalan, havo sifati indeksida “yaşil”, ya’ni havo sifati yaxşi kunlar soni Toşkentda 2021 yil davomida atigi 22 kunni taşkil qilgan.



Ammo... Özbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi elçixonaning bu ma’lumotlarini butun şaharga joriy qilib bölmasligini aytib, natijalarni doim inkor qilib keladi.
Xizmat mutaxassislariga köra, ularning Toşkent şahridagi xuddi AQŞ elçixonasidagi kabi qurilmalari havo sifatining inson hayotiga xavf tuğdiradigan darajada ifloslanişni qayd etmagan. Qiziq-a? Bir şaharda bir xil moslamalar qanday qilib ikki xil va yana juda katta farqdagi körsatkiçlarni körsatişi mumkin?
Kimga işoniş kerak: AQŞ elçixonasi ma’lumotlarigami yoki Özbekiston gidrometrologiya xizmatining.
Kun.uz muxbiri şu kabi savollar bilan Gidrometeorologiya hamda Sanitariya, osoyiştalik va jamoat salomatligini saqlaş xizmatiga murojaat qildi.
Ma’lum qilinişiça, “Özgidromet” Toşkentdagi havo sifatini şaharning 15ta nuqtasiga örnatilgan moslamalar orqali ölçab boradi. Markazdagilar 15ta qurilmadan olingan ma’lumotlar bitta joydan (elçixona) yiğilgan ma’lumotlarga qaraganda aniqroq bölişini aytişmoqda.
Ikkinçi izoh şundan iborat böldiki, Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi va Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti havo sifati böyiça tasdiqlagan mezonlarda 4-5 barobar farq bor. Ya’ni JSST standarti böyiça “yomon” (inson hayotiga xavf tuğdiruvçi) havoni Özbekiston rasmiylari “qoniqarli” (inson hayotiga xavf tuğdirmaydigan) deb hisoblaydi. Mazkur farq quyidagi jadvalda aks etgan:








