O‘zbekiston | 11:41 / 14.10.2022
4769
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda subsidiya mablag‘larini noto‘g‘ri ajratish holatlari aniqlandi

Yashnobod va Bektemir tumanlarida subsidiya mablag‘larini noto‘g‘ri ajratish holatlari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha tuman komissiyasi a’zolari davlat budjetidan qoplash uchun subsidiya mablag‘larini ajratishda daromadi belgilangan me’yorlardan yuqori hamda nomida uy-joyi bo‘lgan 12 nafar fuqaroga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratilgani oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 479,8 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, tuman subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha komissiyasi a’zolari va boshqalar davlat budjetidan qoplash uchun subsidiya mablag‘larini ajratishda soxta hujjatlar orqali daromadi belgilangan me’yorlardan yuqori hamda nomida uy-joyi bo‘lgan 4 nafar fuqaroga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratilgani oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 133,8 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksi tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid