O‘zbekiston | 12:10 / 16.10.2022
11874
3 daqiqa o‘qiladi

17 oktyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?

Foto: Kun.uz

Respublika Gidrometeorologiya markazi 17 oktyabr, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12 daraja, kunduzi 20-22 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

«O‘zgidromet» 17 oktyabrda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 18–19 oktyabr kunlarida respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi natijasida harorat pasayib, qator hududlarda yomg‘ir yog‘ishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid