O‘zbekiston | 19:44 / 17.10.2022
4991
2 daqiqa o‘qiladi

Maktabgacha ta’limda odamlar eng ko‘p bog‘cha xodimlarining xatti-harakatidan norozi

Yil boshidan to oktyabrgacha Maktabgacha ta’lim vazirligining ichki audit xizmatiga Respublika bo‘yicha jami 132 ta murojaat kelib tushgan.

Foto: KUN.UZ

Murojaatlarni raqamlarda olsak, davlat xususiy sherikchiligi asosidagi bog‘chalar masalasida 7 ta, davlat MTTlar bo‘yicha esa jami 117 ta murojaat kelib tushgan. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 80 ta holatda eng ko‘p norozilik aynan davlat bog‘chalari rahbar va xodimlarining xatti-harakatlaridan bo‘lmoqda. Shuningdek, shikoyatlarning 32 tasi davlat MTTlaridagi noqonuniy ishlar, 3 tasi ishga joylashish hamda 2 tasi farzandini bog‘chaga joylashtirish bo‘yicha bo‘lgan.

Hududlar kesimida olinsa, eng ko‘p murojaat Qashqadaryo viloyatidan (22 ta), eng kami esa Navoiydan (1 ta) yuborilgan. Toshkent shahridan esa jami 12 ta murojaat jo‘natilgan.

Qolgan murojaatlar hududlar kesimida:

  • Andijon – 14 ta
  • Toshkent viloyati – 13 ta
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 7 ta
  • Buxoro – 10 ta
  • Jizzax – 5 ta
  • Navoiy – 1 ta
  • Namangan – 12 ta
  • Samarqand – 10 ta
  • Surxondaryo – 7 ta
  • Sirdaryo – 2 ta
  • Farg‘ona – 13 ta
  • Xorazm – 4 ta

Ma’lum qilinishicha, ayni kunda bu murojaatlar o‘rganilib, bartaraf etilgan.

Mavzuga oid