Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Isitish tizimida muammo bo‘lgan bog‘chalarda ham barcha xodimlar ishlayveradi” – vazirlik
Qo‘shimcha ta’til kunlarida isitish tizimida kamchiligi bo‘lgan bog‘chalarning xodimlari ham ishlashi ma’lum qilindi. “Tashkilotning pedagog kadrlari ta’til kunlaridan unumli foydalangan holda ustida ishlashi lozim bo‘ladi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Avvalroq, Kun.uz 14 ta hudud hokimlariga ta’lim muassasalaridagi ta’tilni uzaytirish yoki uzaytirmaslik bo‘yicha vakolat berilgani haqida xabar bergan edi. Xususan, qo‘shimcha ta’til kunlarida sharoitiga, isitish tizimiga qarab maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyat yuritishiga ruxsat berish hududiy hokimlar zimmasiga yuklatildi.
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligiga ko‘ra, issiqlik tizimida kamchiliklar bo‘lgan va ishlashi uchun hokimliklar ruxsat bermagan bog‘chalarda ham barcha xodimlar faoliyatini doimgidek davom ettirishadi.
“Berilgan qo‘shimcha ta’til davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari o‘z o‘rnida bo‘ladi. Tashkilotning pedagog kadrlari ta’til kunlaridan unumli foydalangan holda, o‘zining yo‘nalishi bo‘yicha qo‘llanmalar, o‘qitishning yangi uslublari, yangi didaktik, harakatli o‘yinlar ustida ishlashi lozim bo‘ladi. Shuningdek, boshqa xodimlar ham o‘z ish o‘rinlarida bo‘lishi kerak (oshpazlar bundan mustasno)”, – deyiladi vazirlikning rasmiy izohida.
Shuningdek, xabarda tizim bo‘yicha e’lon qilingan qo‘shimcha ta’til kunlari faqat tarbiyalanuvchilar uchunligi ham qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 10 yanvardan navbatdan tashqari e’lon qilingan ta’til kunlari bekor qilinib, ayrim hududlardagi bog‘cha, maktab, OTMda darslar boshlanishi ma’lum qilindi.
Undan oldin esa Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hokimliklarga ta’til kunini belgilash bilan bog‘liq vakolat berilishiga “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 27-moddasi asos bo‘lmasligini aytgandi.
Mavzuga oid
08:42 / 06.11.2025
Poytaxtda ijtimoiy obektlar 100 foiz isitish tizimiga ulandi
23:17 / 24.02.2025
Yangi quriladigan uylar markazlashtirilgan isitish tizimiga ulanadi va elektr plitalari bilan jihozlanadi
18:24 / 30.10.2024
Sovuq tushdi, ammo uylarga issiqlik berilmayapti. Nega?
21:11 / 02.02.2024