Özbekçani örganişga özga millatlarda rağbat yöqmi yoki örgatişga bizda xohiş?
|19:34 / 17.10.202224 80013 min
«Sönggi vaqtlarda özbekçani örganaman deb kelayotgan rus va ukrainlar köpaygan, lekin biz aytarli manba körsatolmayapmiz», deydi biz suhbatlaşgan özbek tili öqituvçilaridan biri. Çindan ham, özbek tilini örganaman, deganlarga yetarli şaroit va manbalar bormi?
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Tilning yoyilişi, uni örganişga bölgan ehtiyoj uning tarğiboti bilan boğliq. Tarğibot uçun avvalo öşa tilni örgatadigan manbalar, qöllanma va kitoblar, videomateriallar ham yetarliça bölişi kerak. Özbek tili 1989 yildan beri davlat tili ekani, Özbekistonda 130dan ortiq millat vakillari yaşaşi inobatga olinsa, özbek tilini örgatadigan mukammal qöllanmalar tuzişning vaqti kelib, ötib ham ketgan. Bu — Özbekistonda yaşaydigan turli millat vakillarining tilini örganişga bölayotgan rağbati yöqolişiga sabablardan biri bölyapti.
«Prezident oldiga kiraman. Rus tilida gapirgim kelmayapti»
Wesminster universiteti, Erudite xususiy maktabi, Toşkent xalqaro maktabida 10 yildan ortiqroq vaqt davomida ingliz tilidan dars bergan Saida Raşidova 2 yildan buyon özbek tilini boşqa millat vakillariga örgatadi. Saidaning Facebook’da Özbekistonda yaşaydigan xorijliklardan iborat guruhi bor. Özbek tilini örgatişga şu guruh turtki bölganini aytadi.
«Pandemiya davrida, ehtiyot çoralari haqida e’lonlar va xabarlar köpaygan edi. Lekin Toşkentda yaşayotgan çet elliklar özbek tilini bilmagani uçun rasmiy ma’lumotlardan xabardor bölişda qiynalişdi. Çunki öşa paytda ingliz tilida mahalliy xabarlar kam edi. Öşanda Facebook’da Özbekistonda yaşaydigan xorijliklarni yangiliklardan xabardor qilib turardim. Şu turtki bölib, özbek tilini xorijliklarga, asosan ingliz tilida gaplaşuvçilarga örgatiş fikri paydo böldi. Pulli kurslar taşkil qila boşladim», — deydi u.
Saida Raşidova özbek tilini rus, ingliz va yana boşqa turli millat odamlariga örgatadi. Uning aytişiça, oxirgi vaqtlarda özbek tilini örganişni xohlaydiganlar soni ortgan, ayniqsa özbekistonlik rus, köçib kelgan rus va ruslaşib ketgan özbek öquvçilari tobora köpayyapti.
«Har kun yuqori lavozimda işlaydiganlar telefon qilib, özbek tilini örgatişimni söraşadi. «Prezident oldiga kiraman, rus tilida gapirgim kelmayapti, lekin özbek tilim yaxşi emas», deyişadi. Yoki ota-onalarning köpi bolasining özbek tilini örganişini xohlaydi. Oldin özini Özbekistondan ekanini aytişga uyaladiganlar ham özbekistonlik ekanligidan faxrlanadigan bölişyapti», — deydi u.
Nafaqat rus va ukrainlar, Afğonistonda ötgan yillar içidagi notinçliklar sabab Özbekistonga ham bir guruh afğonlar köçib kelişgandi. Davlat tilida iş yuritiş va malaka oşiriş institutida özbek tilini 4 yildan buyon xorijliklarga örgatib kelayotgan Gulruxsor Ergaşeva oxirgi yillarda öquvçilari orasida afğon va turklarining köpayganini aytdi.
Mavzuga oid
«Bu markazda 2019 yildan boşlab til örgatişni boşlaganmiz. Özbek tilini asosan rus, turk, afğonlar örganadi. Ularning asosiy maqsadi odatda ta’lim, biznes, iş böladi», — deydi u.
Afğonlarga 5 yildan beri özbek tilini örgatib kelayotgan Milliy universitet katta öqituvçisi Sayyora Törayeva ham afğonlar soni oxirgi yillarda oşganini tasdiqlaydi.
Özbek tilini örgatadigan sanoqli qöllanmalar
Özbekistonda böliş va köproq odamlar bilan muloqot qiliş özbek tilini örganişni osonlaştiradi. Lekin Özbekistonda uzoq vaqtdan beri yaşab kelayotgan rus millati vakillari özbekçada ham gaplaşiş, ham yozişni örganiş uçun mukammal manba yöqligini köp bora aytişadi. Çindan ham şunday. Rusiyzabonlar uçun A.A.Arzamasovning «Uzbekskiy yazik. Samouçitel», A. Kissen va Ş.Rahmatullayevning «Uzbekskiy yazyk dlya vzroslix», X.S. Muxitdinova, D.M. Nasilovning «Uçebnik uzbekskogo yazyka» kitoblarigina bor.
Inglizzabonlar uçun esa Nigora Azimovaning «Uzbek: An Intermediate Textbook» kitobi bor. Bu kitob Amazon’da 90 dollar atrofida sotiladi.
Bundan taşqari, yaqinda MÖTUL jamoasi va Gulruxsor Ergaşeva tomonidan til darajalariga ajratilgan «Özbekona» kitobi ham naşrdan çiqqan. Muallifning aytişiça, markazda hozir şu kitob asosida darslar ötiladi. Kitob A1, A2, B1, B2 darajalarga ajratilgan bölib, har bir darajani 3 oyda bitirib çiqiş mumkin.
«Dastlabki 4 darsda vositaçi til ingliz, rus yoki turk tili böladi. Beşinçi darsdan boşlab özbek tilida gaplaşa boşlaymiz. Markazimizda hozirgaça mingdan ortiq öquvçi bitirib kelgan bölsa ularning 700 nafardan ortiği rus millatiga mansub kişilar. Hozir luğatlar kitobi ustida işlayapmiz», — deydi hammuallif.
Manbalar oz, onlayn luğatlar yöq
Yuqorida nomlari sanalgan qöllanmalar yöqdan köra bor degan ma’noda köngilga taskin beradi. Çunki u qöllanmalarni ham töliq mukammal, deb aytişga asos yöq.
Saida Raşidova Amerikada Nigora Azimova tomonidan çiqarilgan kitobni inglizzabonlarning özbek tilini örganişda foydalanayotgan kitobi ekanini aytdi. Biroq bu kitob ham dunyo böyiça tasdiqlangan til örganiş standartlariga töğri kelmaydi.
«Har bitta kitob eşitiş, öqiş, gaplaşiş va yoziş könikmalarini alohida şakllantirişga yönaltirilişi kerak. Şunda ular mukammal buladi. Bundan taşqari, onlayn luğatlar ham yöq. Heç bölmaganda şular bilan ham tilni mustaqil örganiş mumkin bölardi», — deydi u.
Maktablarda ötiladigan özbek tili darsligi muallifi Namoz Rasulov esa tuzilgan kitoblar ham juda kam nusxada çiqqanini, köpçilikka möljallanmaganini aytadi.
«Mana yaqinda yangi «Özbekona» degan kitob çiqqanini eşitib xursand böldim. Lekin u ham sanoqli. Men mualliflarni töğri tuşunaman. Mualliflik huquqi buzilişidan qörqib, kitobni tor doirada işlatişyapti. Mustaqil örganişni xohlaganlar uçun topilişi qiyin. Lekin u keng ommaga berilmasa, tilni qanday tarğib qilamiz?
Har bir tilni örganiş uçun birinçi örinda dars kitobi yaratiladi. Masalan, inglizlarda dars kitobi, iş kitobi va şu 2 kitobdan qanday foydalaniş haqida qöllanma kitobi böladi. Har qanday tilda şunday mahsulotlar bölişi kerak. Afsuski bizda yöq», — deydi u.
Til darajalarga ajratilmagan
Biz suhbatlaşgan mutaxassislar til mavqei uçun til jamiyatlari köproq harakat qilişi kerak deb hisoblaydi. Umuman til jamiyatlari turli platformalar ustida işlab, tilni muhofaza qiliş, yoyiş va madaniyatni tarğib qiliş bilan şuğullanadi.
«Masalan, ingliz tilida Oxford, Cambridge jamiyati bor. Ular dunyo foydalanişi uçun juda köp mahsulotlarni tayyorlaydi. Hattoki til mahsulotlari uçun öşa til jamiyati maxsus filologik tadqiqotlarni ötkazib, şu tadqiqot natijalarini ham şu til örganişga kirita oladi. Lekin bizda bunday jamiyatlar yöq.
Özbekistonda özbek tiliga investitsiya kiritilmagani, jozibali takliflar bölmagani uçun ham bunday kitoblar sust holatda yaratilgan. Yaratilganlarini ham tavsiya qiliş til örganayotgan insonlarni tildan itarişga sabab bölib qoladi», — deydi Namoz Rasulov.
Şu örinda özbek tilida daraja böyiça ham aniq bir qoida, til taşkilotlari bilan kelişib taqdim qilingan daraja luğatlari yöq.
«Ingliz tilida dars berganimda bizga bolalarga eng birinçi örganiladigan 100ta sözning röyxatini berişni aytişardi. Sözlar röyxati tilning darajasi osonlikdan qiyinlikka qarab ketaveradi. Özbek tilida şunaqa röyxatlar nega yöq. Ularni kim qilişi kerak? Özbek tilida A1 qayerda tugab, A2 qayerda boşlanişi haqida kelişuv yöq. Şuning uçun özbek tilidagi ertaklarda ham juda qiyin sözlarni işlatişadi. Masalan, «katta» A1 bölsa, «muazzam» A2mi yoki B2mi? Şuni kim aytib bera oladi? Men amerikalik bir mutaxassis bilan keyingi yil şu böyiça kitob işlab çiqmoqçimiz», — deydi Saida Raşidova.
Videokontent yöq
YouTube’ga «Özbek tilini örganiş» deb qidiruvga berilsa, sanoqli videolar çiqadi. Ulardan nisbatan boyroq kontent sifatida Uzbek With Aman, Ways of Learning & Teaching with Dr. DK kanallarini sanaş mumkin. Rusiyzabonlarning örganişi uçun esa tartibga solingan, tilning boşlanğiç darajasidan örgatadigan aytarli kontent yöq hisob.
Ta’lim markazi bolalar uçun yaratayotgan videolarni hisobga olmaganda, bolalarga tilni örgatuvçi media topilmaydi.
Ma’lum bir tilni oson özlaştiriş uçun subtitrli videolar yaxşi samara beradi. Xuddi şunday özbek tilini ham. Lekin özbek tilidagi videokontentning subtitrlisini topiş muşkul. Ayniqsa, multfilm yoki bolalar uçun çiqariladigan videokontentlar subtitrli bölişi, nafaqat xorijliklar uçun, balki öqişni örgangan özbek öquvçilari savodini ham yaxşilaşga xizmat qiladi.
Saida Raşidova xuddi şunday taklifni bir telekanalga berib, ulardan ijobiy bölmagan javob olganini aytadi.
«Men har bir videomni subtitrli qilaman. Töğri bu juda mayda iş, 3-4 tekşiruv bosqiçini talab qiladi. Lekin busiz til örganiş qiyin. Özim guvoh bölganimdan aytaman: xorijlik ingliz öqituvçilar ona tilisi ingliz tili bölgan bolaga ham subtitrli video qöyib beradi.
Oldinroq bir kanalga meni ssenariy yozişga çaqirişgandi. Öşanda vaziyatdan foydalanib, ularga har bir olinayotgan videoni subtitrli qilişni va bu uçun ştat oçiş taklifini bergandim. Afsuski, bu juda mayda iş ekanligini aytib, taklifimni e’tiborsiz qoldirişgan», — deydi Raşidova.
Bonus usullar
Bir neça yildan beri şu sohada tajriba qilib kelayotgan öqituvçilar özbek tilini kitob va qöllanmalarsiz ham örganiş usullarini tavsiya qilişdi.
Saida Raşidova:
- Örganilayotgan tilda raqamlarni örganişni real hayot bilan boğlaş kerak. Masalan, telefon raqamlar, tuğilgan yil va kunlarni yodlaş, savdodan qolgan çek raqamlarini öqib yuriş.
- Ijtimoiy obektlardagi belgilar, turli plakatlar, kiriş-çiqiş joylari, yöllardagi körsatkiçli özbek tilidagi yozilgan sözlarning ma’nosini sörab oliş.
- Instagram'da juda köp subtitrli rilslar, videolar, qiziqarli kontent paydo bölgan. Har xil mutaxassislar har kuni özining yönalişida video oladi, subtitr qöyadi. Hammasi ham arzigulik emas, lekin ayrimlari juda zör. Şularni köriş kerak.
Namoz Rasulov:
- Ma’lum bir maqsadlar uçun birlamçi dialoglarni örganib çiqiş. Deylik, supermarketda, aeroportda, kasalxonada böladigan savol-javoblarni aks ettirgan dialoglarni örganiş va ularni özining tili bilan qiyoslagan holda tuşuniş.
- Örganmoqçi bölgan tilidagi qaysi sözlarni bilsa, aynan öşa sözlarni qöşib nutqida işlatiş. Va navbati bilan luğat bazasi boyib, grammatik bazasi yaxşilangandan keyin tilni tozalab boradi.
- Bir aşyoni qölga olib, u bilan boğliq fe’l, sifatlarni qöşib maşq qiliş. Natijada luğat boyligi köpayib, öşa aşyo bilan işlatiladigan birikmalarni ham tezda örganib oladi.
- Sinflar kesimidagi özbek tili darsliklari ham boşlanğiç bilimlarni oliş uçun yaxşi qöllanma.
Nima qiliş kerak?
Özbek tili turkiy tillar içida turk tilidan keyin gaplaşişladigan 2-katta til hisoblanadi. Demak, bu tilda gaplaşuvçilar köp. Lekin tilni örgatadigan qöllanmalar, onlayn luğatlar yöq.yöq. Bori ham nomukammal.
Avvalo özbek tili tilşunoslar tomonidan kelişilgan holda aniq daraja çegarasi A1, A2, B1, B2, C1, C2 darajalari tugaş va boşlaniş nuqtasi belgilanişi, şu darajalarga mos turli tillarda luğatlar işlab çiqilişi va u hamma uçun oçiq bölişi kerak.
Bu tilda köproq subtitrli videomateriallar tayyorlaş, «Aqlvoy» telekanalida beriladigan multfimlarni ham özbekça subtitrlar bilan efirga uzatiş bolalarni ham savodli bölişida yordam beradi.
Köça-köydagi belgilar, yöl körsatuvçi belgilar kabilar avvalo ona tilida bölişi boşqa millatlarni ham özbek tilini tezroq örganişiga kömak beradi. Özbek tilini özimiz hurmat qilmas ekanmiz, uni boşqa birov qanday hurmat qilsin?