Özbekiston Fanlar akademiyasida «Özbek tilining izohli luğati» kitobining taqdimoti ötkazildi. 

Lotin yozuvidagi olti jildli luğat hozirgi özbek adabiy tilida keng iste’molda bölgan 80 mingdan ortiq söz va söz birikmalarini, fan, texnika, san’at va madaniyat sohalariga oid terminlarni, bir neça şevada qöllanadigan sözlarni, ba’zi tarixiy va eskirgan atamalarni öz içiga olgan. 

Luğatning yangi naşri 3 mingdan ziyod yangi luğaviy birliklar bilan töldirilgan. Ular özbek xalq şevalari, xalq sözlaşuv tilidan hamda boşqa davlatlar bilan özaro iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar natijasida özbek tiliga xorijiy tillardan kirib kelgan sözlardan iborat. 

– Luğat ustida ikki yil davomida mehnat qildik, – dedi filologiya fanlari doktori, professor Durdona Xudayberganova. – Asosiy maqsadimiz luğatdagi sözlarni boyitiş böldi. Luğatni yiğişda iştirok etgan xodimlarimiz XX asr boşida jadidlar tomonidan e’lon qilingan badiiy adabiyotlarni, gazetalarni öqib, luğatga kerakli bölgan sözlarni yiğib, ajratib olişdi. Biz bu sözlarni közdan keçirganimizda respublikamizda hayvonot olami va ösimliklar dunyosi bilan boğliq bölgan juda köp xalqona sözlar hali luğatga kirib ulgurmaganini kördik va öşa sözlarni luğatga kiritdik. 

Qayd qilinişiça, luğat juda köp illyustrativ misollar bilan boyitilgan, sözlar ma’nosining izohlari takomillaştirilgan. Özbek tili luğaviy tarkibida sodir bölgan ma’noviy özgarişlar körsatib berilgan.