Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi manzil koloniyadan og‘ir jinoyat qilgani uchun 15 yilga qamalgan mahkum qochib ketdi
Qochoq mahbus Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismida (Nomusga tegish, ya’ni zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish) nazarda tutilgan jinoyat sodir etgani uchun 2015 yilda 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi 35-sonli manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan Andijon viloyati Paxtaobod tumanida tug‘ilgan mahkum Z.P. qochib ketgani aytilgan xabarlar tarqaldi.
Xabarlarda Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismida (Nomusga tegish, ya’ni zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgani uchun 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Z.P. muqaddam boshqa jinoyatlar qilgani uchun ham sudlangani ma’lum qilingan
Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 4-mintaqaviy hudud 35-son manzil koloniyasida Jinoyat kodeksining 118-moddasi bo‘yicha jazo muddatini o‘tab kelgan mahkum P.Z. 2022 yil 15 oktabr kuni soat 18:00 larda koloniya hududida yo‘qligi aniqlangan.
Qidiruv jarayonida mahkum P.Z. ruxsatsiz chiqib ketgani va 20:35 da manzil muassasa hududidan tashqarida ekani ma’lum bo‘lgan.
«Hozirda IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tomonidan mahkum P.Z. ning ushbu tartibbuzarligiga huquqiy baho berilib, jazo muddatining qolgan qismini o‘tash uchun yopiq turdagi koloniyaga qaytarish masalasi ko‘rib chiqilmoqda», deyiladi munosabatda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026