Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tizimi o‘zgaradi - Hukumat qarori loyihasi
“Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish loyihasini davlat-xususiy sheriklik asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilgan holda jadallashtirish choralari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Prezidentning “Toshkent shahrida maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi ishtirokida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etishga rozilik berilgan.
Davlat-xususiy sheriklik bitimida Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish” loyihasi doirasida jalb qilingan kredit mablag‘lari qaytarish davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida qaytarish tartibini belgilash ko‘zda tutilgan. Xususiy sherik tomonidan Toshkent shahrida hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilarni zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etgan holda utilizatsiya qilish va qayta ishlash korxonasini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Toshkent shahar hokimligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklik agentligining quyidagilarni nazarda tutuvchi “Toshkent shahrida maishiy chiqindilarni to‘plash, saralash, olib chiqish va qayta ishlash zamonaviy usullari hamda texnologiyalarini joriy etish va boshqaruv zamonaviy tizimini yo‘lga qo‘yish” investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi:
a) davlat-xususiy sheriklik muddati 30 (o‘ttiz) yilni tashkil etadi; investitsiya loyihasi doirasida xususiy sherik Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq o‘tkaziladigan tanlov (tender) asosida aniqlanadi;
b) investor tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Toshkent shahrida mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklida loyiha boshqaruv kompaniyasi tashkil etiladi;
v) loyiha doirasida xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik asosida “Maxsustrans” DUK tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan hududlar va uning filiallari sanitar-tozalash xizmatlari ko‘rsatishi uchun biriktirib beriladi; maxsus texnikalarni, bino-inshootlari, chiqindi yig‘ish maydonlari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari va Ohangaron tumanida joylashgan yangi maishiy chiqindi poligoni barcha mol-mulklari bilan birga xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim muddatiga qadar vaqtinchalik foydalanishga beriladi;
g) loyiha kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida shakllangan mablag‘lar hisobidan “Maxsustrans”ga Osiyo taraqqiyot bankidan jalb qilingan kredit to‘lovlarini qoplash uchun 2022-2040 yilga qadar 29,6 mln dollar mablag‘ni beg‘araz asosda davlat sherigiga to‘lab boradi;
d) investor va loyiha kompaniyasi o‘z mablag‘lari, tijorat banklari va xorijiy moliya tashkilotlari “yashil kredit liniyalari”ni jalb qilgan holda investitsiya loyihasini doirasida:
1-bosqichida 2022-2024 yillarda “Maxsustrans”da zamonaviy boshqaruv uslublari va “raqamli boshqaruv”ni joriy etish, 3 ta qattiq maishiy chiqindilarni saralash markazlari va “Ohangaron” poligoni hududida biogaz ishlab chiqarib, elektr energiyasi olish stansiyasini barpo etish, maxsus chiqindi yig‘ish yuk mashinalari, chiqindi yig‘ish konteynerlari xarid qilish, chiqindi yig‘ish punktlari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarini rekonstruksiya qilish hamda avtotransport filiallarini ta’mirlash ishlariga kamida 300 mlrd so‘m;
2-bosqichida 2025-2051 yillarda Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, saralash va qayta ishlash ishlarini tashkil etishga kamida 3 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirish majburiyatini oladi;
Toshkent shahrida hosil bo‘layotgan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini amaldagi 8 foizdan kamida 60 foizga yetkazish va qattiq maishiy chiqindilar utilizatsiya qilingandan so‘ng qolgan qismini Ohangaron tumanida barpo etilayotgan poligonga, shu jumladan yangi barpo etilayotgan poligonga ko‘mish amaliyotini bosqichma-bosqich joriy etadi;
qattiq maishiy chiqindilarni “qayta ishlanadigan” va “qayta ishlanmaydigan” toifalarga ajratgan holda yig‘ish tizimini joriy etadi;
2023 yildan boshlab barcha tumanlarda chiqindilarni bosqichma bosqich “qayta ishlanadigan”, “qayta ishlanmaydigan”, “organik”, “xavfli maishiy chiqindilar” va boshqa toifalarga ajratgan holda yig‘ish tizimini joriy etadi.
Mavzuga oid
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
18:45 / 27.06.2026