17 oktyabr kuni keçqurun Krasnodar ölkasida Azov dengizi sohilidagi Yeysk şahrida turar joy binolari hovlisiga harbiy samolyot quladi. Qulaş çoğida samolyot «uylarga urilib ketgan», natijada yonğin boşlangan. Mahalliy rasmiylarning sönggi ma’lumotlariga köra, qurbonlar soni 15 nafarga yetgan, 19 kişi jabrlangan. BBC rus xizmati uşbu hodisa böyiça sönggi ma’lumotlarni töpladi.
Samolyot qanday qulagan?
Rossiya Tergov qömitasiga köra, Su-34 harbiy samolyoti texnik nosozlik oqibatida halokatga uçragan. Hududda aviayonilği tufayli çiqqan yirik yonğin oradan olti soat ötibgina öçirilgan. Tergovçilar yonilği namunalarini va bort yozuvlarini olişgan. Katapulta orqali omon qolgan uçuvçilar hamda aerodrom xodimlari söroq qilingan. Mazkur holat yuzasidan «Parvoz yoki unga tayyorgarlik köriş qoidalarini buziş» moddasi (RF JK 351) böyiça jinoiy iş oçilgan.
Halokatdan keyin olingan videolardan birida yerda yotgan uçuvçidan guvohlar samolyot urib tuşirilgani ehtimoli haqida söraşadi. U «yöq» deb javob qaytaradi.
«Men samolyot uyim ustidan qanday uçib ötayotganini va undan uçqun saçrayotganini kördim. U juda pastlab va ança sokin uçardi», deydi BBC bilan suhbatda mahalliy aholi vakili Irina.
«Samolyot körindi, men u nega bu qadar pastlab uçayotgani haqida öyladim. Va şunday huştak çalindi, göyo trubinalar katta tezlikda işlayotgandek. Qarasam, u qulamoqda. Bu bir yarim-ikki sekund içida röy berdi», deya hodisani tasvirlaydi guvohlardan biri «161.ru» muxbiriga.

Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy sahifasi bölmiş «Zvezda» kanali samolyot kötariliş çoğida halokatga uçraganini ma’lum qilgan. Uçuvçilar bunga samolyot dvigatellaridan biri yonib ketgani sabab bölganini aytişgan. Rasmiy ma’lumotlarga köra, Su-34 öquv-maşğulot parvoziga çiqqandi va uning bortida öq-dorilar bölmagan.
Halokat va yonğin aks etgan dastlabki videolarda portlaşlar ovozi eşitilgan, guvohlar buni öq-dorilar detonatsiyasi sifatida qabul qilişgandi. Ammo mahalliy rasmiylar va FVV ma’lum qilişiça, samolyot özi bilan jangovar öq-dorilar olib uçmagan. «Agar şu kabi holat bölganida edi, uyning yarmi vayron bölib ketardi», degan Krasnodar ölkasi gubernatori Veniamin Kondratev.
Qulaş çoğida samolyot Kommunistlar köçasidagi töqqiz qavatli uyga urilib ketgan. Uyda yonğin boşlangan, bu esa bir neça qavat qulab tuşişiga olib kelgan. Mahalliy «161.ru» naşri e’lon qilgan fotosuratlarda uyga qadalib qolgan samolyot parçalarini köriş mumkin: balkondagi qöniş moslamasi (şassi) va devordan çiqib turgan qanot bölagi.




















