O‘zbekiston | 12:55 / 24.10.2022
7001
3 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda Mobiuz’ning zamonaviy xizmat ko‘rsatish markazi ochildi

Tantanali marosimda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

Foto: Mobiuz

Bugun “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasi hududida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi – ICTWEEK 2022 boshlandi. Mobiuz mobil operatori uning doirasida rejalashtirilgan tadbirlarning faol ishtirokchisi va ICTEXPO ko‘rgazmasining rasmiy homiysi hisoblanadi.

AKT haftaligi munosabati bilan kompaniya Samarqand shahrida Mobiuz kompaniyasining yangilangan Xizmat ko‘rsatish markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda mobil aloqa operatori rahbariyati ishtirok etdi.

Bugungi kunda Mobiuz’ning butun mamlakat bo‘ylab o‘n beshta xizmat ko‘rsatish markazi, shuningdek, ko‘plab mini-ofislari mavjud. Kompaniya mijozlarga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini to‘liq modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirmoqda. U zamonaviy interer dizayni va yanada yaxshilangan xizmat ko‘rsatish standartlarini joriy etishni nazarda tutadi. Zero ofislar abonentlar bilan uzoq muddatli va ishonchli munosabatlar o‘rnatiladigan joy hisoblanadi.

Bu borada yangilangan Samarqand Xizmat ko‘rsatish markazi kompaniyaning tom ma’nodagi peshqadam ofisiga aylandi. Bir yil davomida amalga oshirilgan rekonstruksiya va ta’mirlash ishlaridan so‘ng ish joylarini tashkil etish va abonentlarga xizmat ko‘rsatish konsepsiyasi qayta ko‘rib chiqildi. Zamonaviy dizayn, maksimal qulaylik, axborot stendlari, elektron xizmatlar, malakali xodimlar – bularning barchasi ofisga tashrif buyuruvchilarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

AKT vaziri Sherzod Shermatov Samarqand Xizmat ko‘rsatish markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Rasmiy tadbir “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Xizmat ko‘rsatish markazi hududida daraxt ko‘chatlar ekish bilan yakunlandi.

Mobiuz'ning Samarqand shahridagi Xizmat ko‘rsatish markazi manzili: Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 105-uy. Ofis dam olish kunlarisiz 9:00 dan 18:00 gacha ishlaydi.

ICTWEEK 2022 haftaligida kompaniya faoliyatini @MyMobiuz Telegram kanalida kuzatishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

 

Mavzuga oid