O‘zbekiston | 16:55 / 06.12.2023
4566
3 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryo viloyatida 320 dan ortiq Mobiuz tayanch stansiyalari ishga tushirildi

Natijada Mobiuzʼning 4G LTE tarmoqlari qamrovi kengaydi va abonentlar yanada sifatli internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Foto: Mobiuz

Surxondaryo viloyati O‘zbekistonning eng janubiy va quyoshli hududi bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida uch davlat: Afg‘oniston, Tojikiston va Turkmaniston bilan chegaradosh. Surxondaryo asosan tekislikda joylashgan, lekin uch tomonidan baland, chiroyi bilan ko‘zni qamashtiruvchi tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan. Viloyatda 2,8 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi, ularning yarmidan ko‘pi qishloq joylarda yashaydi.

Uyali aloqani rivojlantirishni rejalashtirishda bunday geografik, geologik va demografik omillarni hisobga olish juda muhim. Mobiuz mobil operatorining Termiz va Denovdagi texnik mutaxassislar jamoalari viloyatning shahar va tumanlari, chekka va tog‘li hududlarida aloqani rivojlantirishga intilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida Mobiuz mutaxassislari Surxondaryo viloyatida 320 dan ortiq tayanch stansiyalarini muvaffaqiyatli ishga tushirdi. Ularning 170 dan ortig‘i (yarmidan ko‘pi) yangi joylarda, ya’ni qurilish-montaj ishlari orqali, shu jumladan juda og‘ir sharoitlarda, "noldan" o‘rnatilgan.

Eng ko‘p tayanch stansiyalari Sho‘rchi (21 ta), Denov (20 ta) tumanlari va Termiz shahrida (20 ta) ishga tushirildi. Viloyatning eng baland tog‘li hududi – Sariosiyo tumanida 16 ta tayanch stansiyalari muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Muzrobod va Termiz tumanlarida 15 tadan, Qiziriq va Sherobod tumanlarida esa 12 tadan tayanch stansiyalari o‘rnatildi. Denov shahri, Oltinsoy, Angor, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Uzun tumanlarida ham yangi texnik inshootlar barpo etildi.

Joriy yilda Mobiuz texnik jamoasi amaldagi aloqa obektlarida LTE 800, 2100 va 2600 diapazonlarini joriy etish va kengaytirishga katta e’tibor qaratdi. Viloyatdagi jami 140 dan ortiq tayanch stansiyalari modernizatsiya qilindi.

Xususan, Termiz shahri va Sariosiyo tumanida 15 tadan, Termiz shahrida 14 ta, Qumqo‘rg‘on va Sherobodda 12 tadan, Denov, Jarqo‘rg‘on va Uzun tumanlarida 11 tadan tayanch stansiyalari modernizatsiya qilindi. Qolgan hududlarda yangilangan tayanch stansiyalari soni 40 dan ko‘proqni tashkil etadi.

Umumiy hisobda, Surxondaryo viloyatining barcha tumanlarida istisnosiz yangi yoki modernizatsiya qilingan tayanch stansiyalari o‘rnatildi.

Ish faol davom etmoqda. Bir oydan kamroq vaqt ichida viloyatdagi texnik mutaxassislar 90 dan ortiq yangi tayanch stansiyalari uskunalarini o‘rnatishi va muvaffaqiyatli ishga tushirishi kerak. Bu borada barcha zaruriy tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi, jumladan, maydonchalar va antenna-machta qurilmalari hozirlab qo‘yildi.

Amalga oshirilayotgan ishlar ovozli xizmatlar va mobil internet sifatini yanada oshirish, 4G LTE tarmog‘i qamrovini kengaytirish, ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Mobiuzning boshqa hududlardagi texnik rivojlanishi haqida ma’lumotlar bilan pr.mobi.uz tanishib chiqishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid