1 dekabr – Mobiuz operatori tijoriy işga tuşirilgan kun. 9 yil davomida Mobiuz abonentlarga yuqori sifatli xizmat, innovatsion yeçimlar, ommabop tariflar va takliflarni taqdim etişga intilmoqda.

Hozirda Mobiuz mobil aloqasi Özbekistonning 99 foiz aholi yaşaydigan hududlarini qamrab olgan. Aholini mobil aloqa va mobil internet xizmatlari bilan ta’minlaş maqsadida turli standartlardagi 16 mingdan ortiq tayanç stansiyalari işlab turibdi.

Birgina 2023 yilning özida xorijiy hamkorlar bilan investitsiya loyihalarini amalga oşiriş doirasida 4 mingdan ortiq tayanç stansiyalari işga tuşirildi. Deyarli 1,3 mingta joydagi tayanç stansiyalar UMs 2100 (3G tarmoği) çastotasini LTE 2100 (4G tarmoği) çastotasiga ötkaziş orqali qayta jihozlandi. Yirik şaharlar va viloyat markazlarida xizmatlar takomillaştirilgan 4G+ standartida körsatila boşlandi. Farğona vodiysida 4G LTE tarmoğida TDD (Time-division duplexing) texnologiyasini joriy etiş loyihasi muvaffaqiyatli amalga oşirildi.

Uşbu çora-tadbirlar natijasida mamlakatimiz aholi yaşaydigan hududlarida 4G LTE tarmoqlari qamrovi bir yil avvalgi 88 foizdan hozirgi 92 foizga yetdi. Joriy yilda Mobiuz birinçi bölib butun Özbekiston böyiça VoLTE va ViLTE texnologiyalarini işga tuşirdi va abonentlari uçun törtinçi avlod tarmoqlarining yangi imkoniyatlarini oçdi.

Mobil operator texnik va texnologik rivojlaniş bilan bir qatorda marketing takliflarini muntazam yangilab turişga ham katta e’tibor qaratmoqda. Hususan, bu yili Mobiuz çeksiz internet xizmatlarini joriy etiş böyiça yirik loyihani amalga oşirdi.

Kompaniyaning barça tarif rejalari Özbekiston böylab çeksiz qönğiroqlarni öz içiga olgan. “Xotirjam” tarif rejalarida ommabop ijtimoiy tarmoqlardan çeksiz foydalaniş imkoniyati mavjud. “Jozibali” tariflaridagi internet hajmi sezilarli darajada oşirilgan. Şuningdek, çeksiz internet va ijtimoiy tarmoqlarni taqdim etuvçi alohida xizmatlar ham bor.