Jamiyat | 17:14 / 08.12.2023
17666
4 daqiqa o‘qiladi

Mobiuz 340 kun ichida Toshkent viloyatida 440 dan ortiq tayanch stansiyalarini ishga tushirdi

Mobiuz Toshkent viloyati tumanlarida 4G LTE tarmoqlarini yanada rivojlantirish hamda tog‘li hududlarga uyali aloqani olib kirib ustida ishlamoqda.

Foto: Mobiuz

Toshkent viloyati mamlakatimiz poytaxti atrofini qamrab oluvchi katta hududlarni o‘z ichiga oladi (Toshkent shahri alohida ma’muriy-hududiy birlik hisoblanadi). Viloyat tarkibiga 15 ta tuman va 7 ta viloyat ahamiyatiga ega shahar, shu jumladan, ma’muriy markaz bo‘lmish Nurafshon shahri kiradi.

Viloyatda deyarli 3 million kishi istiqomat qiladi. Lekin bu borada mobil aloqa sohasi nuqtai nazaridan e’tiborga olish kerak bo‘lgan bir nechta omil mavjud.

Birinchidan, kuniga poytaxtdan boshqa viloyatlarga va ulardan poytaxtga keladigan minglab avtomobillar, shuningdek, bir qator poyezdlar aynan Toshkent viloyati hududidan o‘tadi. Mintaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston o‘rtasidagi bir qancha yirik nazorat-o‘tkazish punktlari hamda logistika markazlari ham joylashgan. Bu viloyatdagi shahar va qishloqlarni, shaharlararo avtomobil yo‘llarini, temir yo‘l liniyalarini yuqori sifatli uyali aloqa bilan qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalarni qo‘yadi.

Ikkinchidan, viloyatning tog‘li va tog‘oldi hududlari poytaxtliklarning sevimli dam olish maskanlari hisoblanadi. Ko‘p sonli dachalar, dam olish zonalari, kurortlar va sanatoriylar abonentlarning asosiy oqimi to‘plangan joylardir. Bu yerda uyali aloqa tarmoqlaridagi eng yuqori yuklanishlar ayniqsa shanba va yakshanba kunlari va mavsumiylikka qarab yoz va qishda kuzatiladi.

Shu omillarni hamda hudud kattaligini hisobga olgan holda, Toshkent viloyatiga Mobiuz mutaxassislaridan iborat bir nechta texnik jamoalar xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Joriy yilda Mobiuzning Chirchiq va Yangiyo‘ldagi texnik bo‘limlari tomonidan 440 dan ortiq turli standartdagi tayanch stansiyalari ishga tushirildi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, ularning 340 dan ortig‘i mutlaqo yangi obektlarda, yangi joylarda o‘rnatildi.

Jumladan, Yangiyo‘l tumanida 56 ta, Bo‘stonliq tumanining baland tog‘li hududlarida 44 ta, Angren shahrida 33 ta, Chirchiq shahrida 28 ta, Quyichirchiq va Chinoz tumanlarida 26 tadan, Olmaliq shahri va O‘rtachirchiq tumanlarida 24 tadan tayanch stansiyalari ishga tushirildi. Viloyatning qolgan barcha tumanlarida ham yangi obektlar paydo bo‘ldi.

Buning natijasida “Yallama” QFY (Chinoz tumani), G‘allaquduq (Ohangaron tumani), Qumushkon, Chotqol (Parkent tumani), Achchiqsoy, Tovoqsoy (Bo‘stonliq tumani) va boshqa ko‘plab aholi punktlari mobil aloqa bilan ta’minlandi.

Mavjud uskunalarni modernizatsiya qilish ishlari ham amalga oshirildi. Toshkent viloyatida 100 ga yaqin yangilangan Mobiuz tayanch stansiyalari ishga tushirildi.

Modernizatsiya, birinchi navbatda, kompaniyaning tayanch stansiyalari bor bo‘lgan joylarga LTE 800, 1800, 2100 va 2600 diapazonlarini joriy etishga qaratilgan. Yangi joylarda esa ular boshidanoq (u yoki bu diapazonga zarurat borligiga qarab) o‘rnatilib kelinmoqda.

Bu ishlarning barchasi internet sifatini sezilarli darajada oshirish, yuqori sifatli 4G+ standartida xizmatlar ko‘rsatish, 4G LTE tarmoqlari va shunga mos ravishda VoLTE/ViLTE xizmatlari qamrovini kengaytirish imkonini bermoqda.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid