Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
26 oktyabr kungi ob-havo ma’lum qilindi
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 26 oktyabr, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Foto: Kun.uz
Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12 daraja, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Respublika tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:20
Qorli ob-havo: Toshkentda yo‘l harakatida xavfsizlik kuchaytirilmoqda
11:39 / 21.01.2026
O‘zbekistonda qor, kuchli shamol va sovuq ob-havo kutilmoqda
10:12 / 21.01.2026
Bugun ayrim hududlarda kuchli shamol kuzatilishi mumkin
11:52 / 20.01.2026