Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kollej va texnikumlarda kontrakt summasi oshirilmaydigan bo‘ldi
2022/2023 o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarning to‘lov-kontrakti miqdori o‘tgan yilda belgilanganidek saqlab qolinadigan bo‘ldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xabar berishicha, bu tartib barcha bosqich o‘quvchilariga tegishli.
Ma’lumot uchun, bu yili kollej va texnikumlarning kunduzgi ta’lim shakliga 15 ming 815 nafar o‘quvchi davlat granti asosida qabul qilindi.
Shuningdek, professional ta’lim muassasalariga ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘quvchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari belgilangan tartibda qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.
Mavzuga oid
09:20 / 27.05.2026
Toshkentdan Qoraqalpog‘istongacha “yashil” texnikumlar tashkil etiladi
17:44 / 25.05.2026
Oliygohlarda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
09:22 / 15.05.2026
Pedagoglar farzandlari uchun kontraktga 30 foizlik chegirma berilishi mumkin
11:44 / 30.03.2026