Aynan mana şu qat’iyat masalasida yurtdoşlarimiz köp xato qilib qöyişadi. Töğriroği, yetti emas, yetmiş ölçab yuborib, yaxşi imkoniyatlarni yöqqa çiqarişadi. Bugun ana şu xatolar haqida oddiy tilda hikoya qilamiz.
“Şoşmay turaylik-çi...”
Oxirgi ön yilliklarda juda köpçilikni çalğitgan, maqsadni uzoqlaştirgan pozitsiya. Misol uçun, köp insonlar bor, 20 ming dollar töplagan, lekin eng arzon uy (deylik) 25 ming dollar (eslatib ötamiz, Özbekistonda köçmas mulk xaridi asosan AQŞ dollarida amalga oşiriladi). Qarz olişni istamaydi, buning ustiga 25 ming dollarlik uyni yoqtirmaydi, hatto pisand qilmaydi va kamida 30 mingdan ortiq uylarga havas qiladi.
“Şoşmay turaylik-çi” pozitsiyasiga ötilişi, qolgan pulni töplaş niyat qilinişi bilan yutqiziş boşlanadi. Tendensiya şundayki, uy narxi oşaveradi; 30 ming töplangunça 25 minglik uylar 35 ming dollarga çiqib ketadi. Yiğilgan pul qadrini ança yöqotadi. Ham vaqtdan, ham narxdan yutqaziladi.
Maslahat şuki, uyning ma’qul qismini töpladingizmi, dadil qarz oling. Işoning, hatto uy narxi tuşib ketsayam, zarar qilmaysiz. Çunki öz uyida yaşagan odamning topganiga baraka beradi, qarzdan ham tez qutulasiz.
Eng muhimi – imkoniyatingizga yaraşasini olib turib, qolganiga yana yiğinsangiz, heç qaçon yutqazmaysiz. Ya’ni bor pulingizga xarid qilib tursangiz, kelajakda kengaytirib oliş dastlabkisini oliş kabi qiyin keçmaydi.
“Ta’mirsiz bölsayam, arzon bölsin”
Millatdoşlarimiz şu gapni aytişni juda yaxşi körişadi. Negadir ta’mirsiz uy juda arzon bölişiga, özi ta’mirlaşi hisobiga ança mablağ tejab qolişiga işonişadi. Yaxşi ta’mirlangan uyni körsatib: “Mana şu uy ta’miriga 5 ming dollar sarflangan, şuning hisobiga narxi 40 ming. Lekin siz 2-3 ming yutaman deb ta’mirsizini qidiryapsiz. Unday uyni olganingizdan keyin 5 ming bilan ham ta’mirlay olmaysiz, kamiga 2-3 oy ovora bölasiz. 2-3 oylik ijara puliyam 500-600 dollar bölib qoladi, bu tomondan ham yutqazasiz” deyilsa ham befoyda.
Bugungi kunda bitta uyni töliq ta’mirlaş ançagina qimmatga tuşadi. Kamida 3-4 va undan ortiq xonadonni uzluksiz ta’mirlaş orqaligina tannarxni kamaytiriş mumkin. Qolaversa, muntazam şuğullanib yurmagan odam bölsa, juda köp ovora böladi, ortiqça xarajat qiladi. Şuning uçun ta’mirsiz uyni ataylab qidirişni, özi ta’mirlab oliş orqali bu xariddan nimadir yutişni öylaşni tavsiya qilmaymiz. Juda qiyin reja bu.












