Londondagi “eng tor uy” 1 mln 195 ming funt-sterling yoki 1,6 mln dollar narxda sotuvga qöyildi, deya xabar berdi Britaniyaning Daily Star naşri.

Notting Hill Geytdagi ikki qavatli uyning kengligi 213 sm, umumiy maydoni 49 kvadrat metr bölib, Kensington saroyidan bir neça qadam uzoqlikda joylaşgan. Şu sababdan ham ikki yotoqxona, ikki hojatxona va terrasaga ega binoning narxi juda qimmat baholanyapti.

Köçmas mulk taxminan 1930 yillarda qurilgan. Oradan 20 yil ötib, kosmetik ta’mirlangan hamda kiriş qismiga maxsus ruhli soyabon, vitraj eşik va ajdaho boşi şaklidagi yomğir oqizgiç örnatilgan.

Eşikdan kirgan joyda parket bilan qoplangan oçiq oşxona va ovqatlaniş joyi mavjud. Şuningdek, birinçi qavatda duş, hojatxona va yotoqxonalardan biri joylaşgan. Ikkinçi qavatda yozgi terrasa va qabulxona bor. Eng yuqori qavatda esa keng oynali ikkinçi yotoqxona va katta vannaxona mavjud.

Uyni sotayotgan Unique Property Company boşqaruvçisi Saymon Stoun köçmas mulkni Londonda topiş imkonsiz bölgan maskan, deya ta’rifladi. Uning ta’kidlaşiça, uyning içki kengligi London metrosi vagonlaridan ham torroq bölsa-da, yaşaş uçun juda qulay.