Qahramonlarimizdan biri Nodir Nazarov 1987 yil Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan. U Google Cloud Security’da dasturçi-muhandis sifatida işlab kelyapti. Bungaça «Ebay», «Oracle» kabi kompaniyalarda işlagan.

Yana bir qahramonimiz Saidakbar Pardayev esa Google’ning reklama guruhida ma’lumotlar tahlilçisi sifatida faoliyat yuritadi.

«Reklamalarning işonçliligiga javob beraman» — Saidakbar Pardayev

Amerikaga 2017 yilda kelganman. Google’da işlayotganimga 5 oydan oşdi. Google adds, ya’ni reklamalar xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan guruhda işlayman. Deylik, biror köylak «Nike» brendi ostida reklama qilinayotgan bölsa, öşa reklamani joylaşdan avval biz u kiyim haqiqatan şu kompaniyaga tegişli yoki yöqligini aniqlaymiz, ya’ni reklamaning xavfsizligiga javob beramiz.

şaxsiy arxivdan Saidakbar Pardayev

«Google’da resurslarni boşqariş ustida işlayman» — Nodir Nazarov

Asosiy vazifamiz foydalanuvçilarning ma’lumotlari, ya’ni resurslarni kim boşqara olişi ustida işlaş. Masalan, Google docs, Google sheets kabi dasturlar bor — kirganingizda login, parol söraydi yoki siz yaratgan biror hujjatni boşqalar bilan bölişasiz, siz xohlagan odam uni körib, özgartira olişi mumkin. Şu kabi bir neçta amaliyotni boşqaramiz.

şaxsiy arxivdan Nodir Nazarov

«Silikon vodiysida guruh bilan işlaş juda muhim körsatkiç» — Saidakbar Pardayev

«Uber»dan taklif tuşgaç u yerda işlay boşlaganimdan keyin sanoatda işlatiladigan köp texnikalar, texnologiyalarni boşqariş bilan birga boşqa guruhlar bilan qanday işlaş mumkinligini örganganman. Silikon vodiysida boşqa guruhlar bilan qanday işlaş eng zarur körsatkiç hisoblanadi. Çunki mutaxassis özi qançalik yaxşi işlamasin, boşqalar bilan işlay olmasa, qiynalib qoladi. 2,5 yil davomida «Uber» katta tajriba böldi, biroq unçalik ösiş bölmagani uçun boşqa işlarga topşirişni boşladim, 7–8 kompaniyada intervyu böldi, 4taça kompaniyadan taklif böldi. Google’ning imkoniyatlari yaxşi bölgani uçun şunda töxtaldim.