11:52 / 31.10.2022
18330

«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi

Bugun respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, havo harorati kunduzi 13-18 daraja iliqni tashkil etadi, janubda va cho‘l hududlarda 19-21 daraja issiqqacha bo‘ladi.

Ertaga respublika shimoliga nam bulutli massivlar kirib kelishi boshlanadi, buning hisobiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va kechga tomon Xorazm viloyati bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. O‘zbekiston qolgan hududlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 2-7 daraja iliqni, kunduz kuni 16-21 daraja iliqni tashkil etadi, janubda va cho‘l hududlarida 23-25 daraja issiqqacha bo‘ladi.

Chorshanba kuni mamlakat barcha hududlari nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shimoli-g‘arbiy hududlarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Kunduzgi harorat 12-17 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda.

Payshanba va juma kunlari respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ushbu kunlarda harorat kechalari 5-10 daraja iliqni, kunduz kunlari 12-17 daraja iliqni tashkil etadi.

31 oktyabr-2 noyabrda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Mavzuga oid
Top