Mask Twitter’ni sotib oldi – endi foydalanuvçilarni nimalar kutmoqda?
|23:10 / 02.11.202267 83310 min
Milliarder Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmoğiga egalik qila boşlaganiga köp vaqt bölmadi. Bu vaqt içida kompaniya direktorlar kengaşini işdan böşatdi, xodimlar haftasiga yetti kunlik va 12 soatlik smenada işlay boşladi, verifikatsiyadan ötgan foydalanuvçilarga taxallusi yonidagi kök belgini qoldiriş uçun oyiga 20 dollar tölaş taklif qilindi. Mask Twitter ijtimoiy tarmoğini sotib olganidan keyin nimalar yuz bermoqda?
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Xodimlarni qisqartiriş
The Washington Post gazetasi 20 oktyabr kuni (Twitter xarididan oldin) Mask rejalari bilan taniş bölgan öz manbalariga tayanib, milliarder korporatsiya xodimlarining taxminan 75 foizini işdan böşatiş niyatida ekanini xabar berdi. Bu taxminan 5,6 ming kişi bölişi mumkin, kompaniyada jami 7,5 ming kişi işlaydi.
Kelişuvga erişişdan oldin, kompaniyaning özi ham iş haqi xarajatlarini 800 million dollarga qisqartirişni rejalaştirgan, bu esa xodimlarning kamida törtdan bir qismini işdan böşatilişini anglatardi.
WP xabaridan keyin, kompaniya boş huquqşunosi Şon Edjyet korporativ poçta orqali xodimlarga xat yuborib, kompaniya heç kimni işdan böşatiş niyatida emasligiga işontirdi, biroq rahbariyat Maskning bunday rejasidan xabardor emasligini ta’kidladi. Şuningdek, Twitter Mask bilan kelişuvga erişgaç, iş haqi xarajatlari ham qisqartirilmasligini ma’lum qildi. 28 oktyabr kuni Mask rasman Twitter egasiga aylanganida Şon Edjyetning özi işdan böşatildi.
Bundan taşqari, kompaniyaning yana tört top-menejyeri qisqartirişga uçradi: boş direktor Parag Agraval, moliya direktori Ned Sigal (xavfsizlik xodimlari uni va Edjyetni boş ofisdan olib çiqdi), mijozlar bilan aloqalar böyiça direktor Sara Personett va korporativ siyosat direktori Vijaya Gadde – Amerika matbuotiga köra, u AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampning akkauntini bloklaş uçun mas’ul bölgan. Ularning barçasi kompaniya direktorlar kengaşi a’zolari edi.
Qimmatli qoğozlar va birjalar komissiyasi Maskning Twitter kompaniyasini sotib olgani haqidagi hisobotini e’lon qildi. Undan ma’lum bölişiça, 27 oktyabr kuni milliarder nafaqat beş nafar top-menejyerni, balki kompaniyaning direktorlar kengaşini tarqatib yuborib, yagona rahbarga aylangan. Maskning sözlariga köra, bu «vaqtinçalik çora».
29 oktyabr kuni The New York Times va Bloomberg ba’zi ma’lumotlarga aniqlik kiritdi: Ilon Mask işdan böşatilişi kerak bölganlar röyxatini tuzişni buyurgan – xodimlarning taxminan 50 foizi. Birinçi navbatda Mask kontentni moderatsiya qiliş uçun mas’ul bölgan yuridik va xavfsizlik bölimi bilan şuğullanmoqçi.
Mask Twitter kompaniyasi holatini baholaş uçun Tesla kompaniyasining ba’zi rahbarlarini taklif qilgan. Kimni işdan böşatiş haqidagi qarorlar ular bilan hamkorlikda qabul qilinadi.
Foydani oşiriş yölida
Mavzuga oid
Ilon Maskning fikriça, Twitter kompaniyasining tijorat modeli puç. U reklamadan tuşadigan daromad uluşini yiliga 80 foizdan 45 foizgaça qisqartirişni, şu bilan birga 2028 yilga borib, korporatsiya daromadini tört barobarga, 25,4 milliard dollargaça oşirişni rejalaştirgan. Ya’ni Mask ijtimoiy tarmoqda reklama miqdori köp deb hisoblamoqda va daromadning özgaça yöllarini joriy qilmoqçi. Qanday qilib? Foydalanuvçilar hisobidan.
Şu vaqtgaça Twitter ijtimoiy tarmoğidan foydalaniş bepul bölib kelayotgandi. Endi Mask vaziyatni özgartiradi. U Twitter Blue obunasi doirasida foydalanuvçilar uçun pulli verifikatsiyani joriy etişga qaror qildi.
Mask obuna narxini 20 dollar qilib belgilamoqçi böldi, buning evaziga, istalgan foydalanuvçi verifikatsiyani anglatuvçi kök belgini olişi mumkin edi. Şu vaqtgaça Twitter faqat maşhur şaxslarga va kompaniyalarga verifikatsiya belgisini berib kelayotgandi. Bundan taşqari, verifikatsiya belgisiga ega bölganlarga uni saqlab qoliş uçun 90 kun içida pulli obuna taklif etilişi ham rejalaştirildi.
31 oktyabr kuni yozuvçi Stiven King oyiga 20 dollar qiymat juda yuqori narx ekanidan şikoyat qildi. «Jin ursin, ular pulni menga tölasin. Agar obuna joriy qilinsa, bankrot bölaman», deb yozdi u. Mask yarmi hazil, yarmi çin kinoyani tuşundi va «kompaniya qanday qilib bölsa ham xarajatlarini qoplaşi kerak», deb javob berdi. Şuningdek, yozuvçidan 8 dollarlik obuna narxi haqida qanday fikrdaligini söradi.
1 noyabr kuniyoq Mask akkauntning verifikatsiya qilinişi uçun oylik tölov qiymati 8 dollar bölişini e’lon qildi. Şuningdek, obuna foydalanuvçilarga qöşimça imkoniyatlarni, ularning kontentiga ustuvorlik beriş, reklamalarni ikki barobar qisqartiriş imkonini berişi kerak edi.
«Twitter tarmoğidagi kök belgi bilan boğliq hozirgi xöjayinlar va xizmatkorlar tizimi – safsata. Hokimiyat xalqqa! Kök belgi uçun oyiga 8 dollar!» deb yozdi Mask.
Twitter xöjayini sözlariga köra, pulli verifikatsiya kompaniyaga ijtimoiy tarmoqdagi trollar va botlarga qarşi kuraşda yordam beradi. Mask avvalroq botlar Twitter akkauntlarining yarmini taşkil etişini aytgandi. Kompaniyaning ta’kidlaşiça, ijtimoiy tarmoqdagi botlar – 5 foizdan köp emas.
Mask Twitter Blue tizimini 7 noyabrgaça joriy etişni buyurdi. Agar jamoa ulgurmasa, vazifani bajarişga mas’ul bölganlarni işdan böşatişi mumkin. CNBC telekanali xabariga köra, muddat juda kamligi bois, xodimlar haftasiga yetti kun, 12 soatlik smenada işlamoqda.
The Washington Post 2 noyabr kuni Twitter kompaniyasi Paywalled Video funksiyasi ustida işlayotganini ma’lum qildi. Unda foydalanuvçilar tomoşa qiliş pulli bölgan videolarni yuklaşi mumkin. Uning narxi 1 dollardan 10 dollargaça. Foyda kompaniya va video yuklagan foydalanuvçi örtasida taqsimlanadi, biroq qanday uluşda taqsimlanişi ma’lum emas. Naşrning yozişiça, funksiya bir-ikki hafta içida işga tuşirilişi mumkin.
Xuddi şunday xizmat yaqinda Pavel Durov tomonidan Telegram ijtimoiy tarmoğida ham joriy qilingan, ammo Apple kompaniyasiga 30 foizlik komissiyani tölaşni istamagani sababli, iOS foydalanuvçilar uçun öçirib qöyilgan edi.
Maskning rejalari orasida 6 soniyali Vine videolarini tiklaş va ijtimoiy tamroqqa joriy qiliş ham bor. Ular TikTok paydo bölmasidan oldin maşhur edi.
Umuman olganda Mask yakunda Twitter tarmoğini Xitoyning WeChat yoki Rossiyaning «Yandeks»iga öxşaş super-ilovaga aylantirmoqçi. U orqali oziq-ovqatga buyurtma beriş, taksi çaqiriş va bank tölovlarini amalga oşiriş mumkin böladi. Biroq AQŞ monopoliyaga qarşi qonunlari qat’iy ekani bois, amerikalik iqtisodiy ekspertlar bunga erişiş juda qiyinligini ta’kidlaşmoqda.
Moderatsiya va taqiqlar
Ilon Mask özini «mutlaq söz erkinligi» tarafdori deb ataydi. U Twitter tarmoğini kontentni moderatsiya qiliş siyosati şaffof emasligi va umrbod taqiqlar uçun bir neça bor tanqid qilgan.
Köp milliard dollarlik şartnoma imzolanişidan avval ham tadbirkor 2021 yildagi saylovda mağlub bölganidan keyin tartibsizliklarni uyuştirganlikda gumonlanib, bloklangan AQŞ sobiq prezidenti Donald Tramp akkauntini blokdan çiqarişga va’da bergandi. Maskning özi ham Tramp rahbarlik qiladigan respublikaçilar partiyasi tarafdori hisoblanadi.
Twitter xarid qilingan kunning ertasi antisemitizm sözlari uçun bloklangan musiqaçi Kanyye Uestning akkaunti tiklandi. Ammo Ilon Mask bunga heç qanday aloqasi yöqligini aytdi. U avvalroq platforma kiçik yoki şubhali sabablarga köra bloklangan barça akkauntlar blokdan çiqarilişini aytgandi.
Maskning fikriça, kontentni moderatsiya qiliş kengaşining yaratilişi Twitter tarmoğini «muhokama uçun oçiq platforma»ga aylantirişga yordam beradi.
«Twitter turli qaraşlarga ega kontentni boşqariş uçun Kengaşni taşkil qiladi. Uşbu kengaş çaqirilgunga qadar, kontent yoki [ilgari töxtatib qöyilgan] akkauntlarni qayta tiklaş böyiça muhim qarorlar qabul qilinmaydi. Hozirça biz Twitter tarmoğining kontentni moderatsiya qiliş siyosatiga özgartirişlar kiritmadik», deb yozdi Mask 29 oktyabr kuni.
U kengaş qanday va kim tomonidan tuzilişi, uning işi qanday bölişiga aniqlik kiritmadi. Şu bilan birga, Mask ijtimoiy tarmoq mahalliy qonunlarga rioya qilişi va kontentni tartibga solib borişini aytdi: şafqatsiz, noqonuniy yoki haqoratli kontentlar foydalanuvçilarga kamroq körsatiladi.
Yevropa Ittifoqining içki bozor böyiça komissari Tiyerri Breton Maskning bayonotlariga munosabat bildirdi.
«Ilon, qoidalar borligini unutmang. Sizni tabriklaymiz, lekin bu qoidalarni biz örnatganmiz. Va bu yerda sizning qoidalaringiz emas, bizniki amal qiladi», dedi u.
Breton eslatib ötdiki, agar Twitter nomaqbul kontentni moderatsiya qiliş böyiça Yevropa Ittifoqi qonunlariga rioya qilmasa, u holda kompaniya daromadining 6 foizi miqdorida jarimaga tortiladi, agar qonunbuzarliklar davom etsa, kompaniyaga Yevropada işlaş taqiqlanadi.
Reuters agentligi xabariga köra, Mask yevrokomissarga Yevropa Ittifoqining barça qonunlariga rioya qilişga va’da bergan va Breton bilan 6 noyabrgaça uçraşişga rozi bölgan.
Mask AQŞ va boşqa mamlakatlarda Twitter kontenti moderatsiyasini qanday amalga oşirişni rejalaştirayotgani hozirça noma’lum.