Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mask YeIni tugatishga chaqirdi
Avvalroq Yevropa komissiyasi raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun X platformasini 120 million yevro jarimaga tortgandi.
Foto: AP / John Raoux
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Yevroittifoqni tugatishga chaqirdi.
“Yevropa Ittifoqi tugatilishi, suverenitet esa hukumatlar o‘z xalqini yaxshiroq ifodalashi uchun alohida mamlakatlarga qaytarilishi kerak”, deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Maskning qo‘shimcha qilishicha, byurokratiya "Yevropani bo‘g‘ib asta-sekin o‘limga olib bormoqda”.
Avvalroq Yevropa komissiyasi rasmiy vakili Toma Renyye Yevrokomissiya raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun X platformasi 120 million yevro jarimaga tortilganini ma’lum qilgandi.
Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro esa ijtimoiy tarmoqning jarimaga tortilishini "bu faqat boshlanishi" deb izohladi.
Mavzuga oid
07:45 / 09.04.2026
Infografika: Xitoy qarzi YeIni ortda qoldirdi
11:06 / 06.04.2026
"Rossiya NATO bilan cheklanmaydi"- siyosatshunos
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
10:20 / 23.03.2026