Davlat rahbari Şavkat Mirziyoyevning maxsus topşiriğiga asosan 1 noyabr kuni prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov raisligida videoselektor yiğilişi bölib ötdi va unda xalq ta’limi sohasida yuzaga kelgan muammolar muhokama qilindi. 

“Davlatimiz rahbari bunday holatlar bölişi mumkinligini oldindan bilib, 2018 yildayoq №3931 raqamli qarorga imzo çekkanlar. Unga köra maktablar tasarrufidagi yer maydonlari va binolar faqat Xalq ta’limi vaziri roziligi bilangina olinişi mumkin.

Lekin örganişlar şuni körsatdiki, hamma öziça maktab yeriga egalik qilgisi kelyapti. E’tibor bering – ta’lim maskanlari tasarrufidagi binolar va yer uçastkalari Xalq ta’limi vaziri ruxsatisiz boşqalarga ötkazilmasligi böyiça alohida qaror bölişiga qaramay 198 ta holatda 70 gektar yer maydoni va 19 ta binolar hokimlar qarori bilan maktablardan olib qöyilgan yoki özboşimçalik bilan egallab olingan. Ayniqsa Andijon viloyatida 25, Samarqandda 7,6, Qaşqadaryoda 7 gektardan ortiq maydon vazir bilan kelişilmasdan, hokimliklar qarori bilan özgalar tasarrufiga ötib ketgan.

Markazlarda, köpçilikka qulay joyda joylaşgan yer maydonlari qanday qilib berilganini biliş uçun katta aql şart emas”, – dedi Sardor Umrzoqov yiğilganlarga qarata.

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov ayni paytda 6,4 mln öquvçi bölgani holda 5,2 mln öquvçi örni borligi, yana har yili örtaça 200 ming örin yaratiş zarurligiga e’tibor qaratdi. Şuningdek, vazir yuqoridagi holatlar böyiça boş prokuraturaga xat kiritilganini va jiddiy örganiş olib borilayotganini bildirdi.

“Maktab yerini boşqalarga berganlar kelajakka investitsiyani sariq çaqaga sotganlardir. Aholimiz soni ösişini köryapsizlar. Maktablar hozirdan katta yuklama bilan işlayapti. Hozir davlat rahbari tomonidan yangi binolar qurişga katta mablağ ajratilgan. Maktablar yerini berib yuboraversak, ertaga binolarni qayerda quramiz? Mana şu 198 ta holatning har biri örganilib, axborot berilsin”, – deya administratsiya rahbari sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.    

Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov vaziyatga şunday izoh berdi:

“Bu yerlarning hammasi noqonuniy olingan deb bölmaydi. Andijon viloyatida bunday yerlardan odatda davlat-xususiy şerikçilik asosida foydalanilyapti. Misol uçun Buloqboşi tumanidagi maktabning 5,5 gektar maydoni bor. Bu juda katta yer. Biz uning bir çetida DXŞ asosida sex oçdik va 200 kişini iş bilan ta’minladik. Lekin hurmatli Sardor Öktamoviç körsatib ötgan özboşimçalik bilan egallab oliş, yerni sotib yuboriş kabi holatlarga ham bir paytlar afsuski, yöl qöyilgan. Biz bularning har birini örganib, joy-joyiga qöyib qöyamiz”.