Pedagogik maydonda raqobatning kuçayişi, darsliklar hajmining ortişi, elektron qurilmalardan foydalaniş kengayişi va qöşimça ta’lim resurslariga bölgan talabning oşişi bolalar maktab sumkasiga solinadigan materiallar sonini köpaytiryapti. Xususan, öquvçilar öz sumkasida bir neçta oğir kitoblar, daftarlar, planşet yoki noutbuk, şuningdek, boşqa şaxsiy buyumlar kötarib, darsga kelib-ketişga majbur.

Pediatriya va ortopediya böyiça ötkazilgan tadqiqotlarda ta’kidlanişiça, bolalar soğliğiga bevosita ta’sir qiluvçi omillar qatorida maktab sumkasining vazni alohida e’tibor qaratilişi lozim sanalgan masala ekanligi ta’kidlangan. Amerika Pediatrlar akademiyasi (AAP) tavsiyalariga köra, maktab sumkasining vazni bolaning tana vaznining 10% idan oşmasligi zarur. Boşqa tadqiqotlar esa yuqori sinf öquvçilari uçun bu körsatkiçni 12-13% gaça deb belgilaydi.

Ma’lum qilinişiça, boşlanğiç sinf öquvçilari (1–4-sinf) uçun sumka oğirligi bola tana vaznining 10% idan köp bölmasligi kerak. Masalan, 30 kg vaznli bola 3 kg gaça bölgan oğirlikdagi sumkani kötarişi normal holat. Örta va yuqori sinf (5–11-sinf) öquvçilari uçun esa maktab sumkasi oğirligi bola tana vaznining 12–15% igaça teng hajmda bölişiga ruxsat etiladi.

Maktab sumkasi oğirligining mazkur mezondan oşişi bola umurtqasiga ortiqça bosim tuşişiga sabab bölib, böyin, yelka, bel sohalarida taranglik, qomatning egilişi va skolioz (umurtqa poğonasining yon tomonga qiyşayişi bilan keçadigan ortopedik holat) xavfini oşiradi.

Biomexanik jihatdan qaraganda, sumka oğirligi ortganda bola tanasi muvozanatni saqlaş uçun oldinga egila boşlaydi. Oqibatda, umurtqa böylab joylaşgan, uni uşlab turuvçi va harakatga keltiruvçi (paravertebral) muşaklarda kompensator kuçlaniş yuzaga keladi, bu esa muşak spazmlari, çarçoq, holsizlikka sabab böladi.

Tadqiqotlar oğir yuk kötarişga majbur bölgan bolalarda öpka ventilyatsiyasi va jismoniy çidamlilikning susayişi kuzatilganini körsatadi. Şuningdek, mazkur jarayon qöllarda uvişiş va uyqusiraş simptomlarini yuzaga keltirişi mumkin.

Psixologik jihatdan ham ortiqça yukning salbiy ta’siri mavjud. Oğir sumka kötaradigan bolalarda tez çarçaş, öqişga motivatsiyaning susayişi, e’tibor va kognitiv faoliyatning tarqoqligi qayd etilgan. Bu fiziologik çarçoqning ruhiy holatga ta’siri bilan izohlanadi.

Alohida ta’kidlaş lozimki, bolalarning suyak va muşak tizimi maktab davrida şakllaniş bosqiçida böladi. Şu bois mazkur paytda ortiqça yuk kötariş skelet deformatsiyalari, umurtqa poğonasi va unga boğliq böğim, muşak, nerv hamda töqimalarning normal işlaşi buzilişi, surunkali oğriq sindromlari kabi uzoq muddatli salbiy oqibatlarni kuçaytiradi.

Şu nuqtai nazardan, quyidagi profilaktik çoralar tavsiya etiladi:

  • belgilangan normadan oğir sumka kötarmaslik;
  • qattiq va qulay, yelkalarga bosim bermaydigan keng tasmalik sumkalardan foydalaniş;
  • sumkani ikki yelkada taqiş;
  • kitob va daftarlarni kunlik dars jadvaliga muvofiq tartibga soliş;
  • maktablarda şaxsiy şkaflar yoki öquv xonalarida qöşimça darsliklar tizimini yölga qöyiş zarur.

Diyoraxon Nabijonova